
Volkswagen va Xitoyning SAIC kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan yangi Volkswagen Tiguan L Pro avtomobili Xitoy bozoriga taqdim etildi.
Ushbu o‘rta o‘lchamdagi krossover 2,0 litrli turbobenzinli dvigatel bilan jihozlangan. U ikki xil quvvat variantida taklif etiladi: 186 ot kuchi va 220 ot kuchi.

Tiguan L Pro modeli ilgari Jetta nomi ostida ishlab chiqarilgan avtomobillardan yuqori sifatli materiallar va kengaytirilgan 10,3 dyuymli multimedia ekrani bilan ajralib turadi. Shuningdek, avtomobil LED yoritish tizimi bilan jihozlangan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Volkswagen Xitoyda ID.UNYX 06 elektromobilini taqdim etgani haqida yozgan edi.