«Ipoteka-bank» muammoli kreditlar bo‘yicha yangi antilider: 3,5 trln so‘m

eʼlon qilindi
Uning kredit portfelidagi NPL ulushi 10,2 foizni tashkil etadi
NPL
O‘zbekiston banklarida mart oyida NPL hajmi 3,5 foizga kamaydi / Foto: utah778 / depositphotos

Mart oyida «Ipoteka-bank» O‘zbekistondagi banklar orasida muammoli kreditlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi – 3,5 trln so‘m. Shu bilan u ilgari bu o‘rinda bo‘lgan «O‘zmilliybank»ni ortda qoldirib, yangi antiliderga aylandi.

1-aprel holatiga ko‘ra, muammoli kreditlar umumiy miqdori 23,5 trln so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 1-mart bilan solishtirilganda 3,5 foizga kamaygan. Jami kreditlardagi NPL ulushi esa 4,3 foizga pasaygan. Fevral oyida bu ko‘rsatkich 4,5 foizni tashkil qilgan.

Shuningdek, birinchi chorak bo‘yicha banklarning kredit portfeli 551,8 trln so‘mni tashkil qilgan. Fevral oyiga nisbatan 11,8 trln so‘mga oshgan.

Davlat ulushi mavjud banklar

Muammoli kreditlarning asosiy qismi davlat ulushi mavjud banklarga to‘g‘ri kelmoqda. Ularning jami qarzi 16 trln so‘mdan ortiqni tashkil qilgan. Bu fevral oyiga nisbatan 5,2 foizga kamaygan. Kredit portfelidagi ulushi qariyb 9 trln so‘mga oshib, 379,6 trln so‘mga yetgan.

Davlat banklari orasida qaytarilmayotgan kredit qarzdorligi eng yuqori bank sifatida mart oyida ham «O‘zmilliybank» 3,4 trln so‘m bilan yetakchilik qilgan. Ammo bankning jami kreditlardagi NPL ulushi 3,2%. Shuningdek, «Agrobank»da 2,9 trln so‘m (NPL 4,5%), «O‘zsanoatqurilishbank»da 2,8 trln so‘m (4,1%), «Mikrokreditbank»da 1,2 trln so‘m (6,6%) va «Biznesni rivojlantirish banki»da 1,8 trln so‘mga (8,1%) yetgan.

Xususiy banklar

Xususiy banklarda kredit portfeli 172 trln so‘mga oshgan bo‘lsa, NPL miqdori ham deyarli 7,3 trln so‘m miqdorida saqlanib qolgan. Kredit portfelidagi umumiy ulushning 4,3 fozini egallagan. Muammoli kreditlar ko‘rsatkichi yuqori banklar qatorida «Ipoteka bank» 3,5 trln so‘m (portfeldagi ulushi 10,2%) so‘m bilan yetakchi o‘rinda turibdi.

Xususiy banklarda kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi yuqori banklar esa quyidagilar:

  • «Garant bank» – 23,4%;
  • «AVO bank» – 13,1%.
  • «Madad invest bank» – 9,7%;

Ma’lumot uchun, muammoli kredit (NPL) deb to‘lov muddati 90 kundan oshgan va qaytarilmayotgan kreditlarga aytiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-mart holatiga ko‘ra, muammoli kreditlar umumiy miqdori 24 trln 348 mlrd so‘mga yetgani haqida yozgandi.

Shuningdek