Instagram videolarni tahrirlovchi yangi ilovasini ishga tushirdi

24-aprel 2025 17:23 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir
Instagram Edits
Instagram videolarni tahrirlovchi yangi ilovasini ishga tushirdi / Foto: Meta

Meta o‘z ekotizimini kengaytirish maqsadida Instagram Edits ilovasini endilikda iOS va Android foydalanuvchilari uchun rasmiy ravishda ishga tushirdi. Bu haqda The Verge nashri xabar berdi.

Yangi ilova foydalanuvchilarga professional darajada video tahrirlash imkoniyatlarini taqdim etadi. Bu ilova CapCut’ga raqobatdosh bo‘lishi kutilmoqda.

Foydalanuvchilar ilovada Instagram musiqa katalogidan treklar qo‘shishi, vizual effektlar va filtrlardan foydalanishi, subtitr va matnlar joylashtirishi, obyektlarni avtomatik kesib olishlari,
videoni HD, 2K va 4K formatlarda suv belgisisiz (watermark) eksport qilishi mumkin.

Instagram Edits
Instagram Edits ilovasi iOS foydalanuvchilari uchun / Foto: apple.com

Ushbu jihatlar CapCut ilovasiga nisbatan muhim ustunlik sifatida ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, ilovada video yozish kamerasi, galereya, mavjud roliklardan audio ajratib olish, Instagram bilan to‘liq integratsiyalashgan xatcho‘plar va ko‘rish statistikasi kabi funksiyalar ham mavjud.

Instagram rahbari Adam Mosserining aytishicha, hozircha barcha funksiyalar bepul, biroq kelajakda pullik opsiyalar joriy etilishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan OpenAI ijtimoiy tarmoq yaratayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek