Fan

Quyoshning eng tiniq suratlari e’lon qilindi

25-aprel 2025 18:53 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Quyoshning eng tiniq surati e’lon qilindi / Foto: ESA & NASA/Solar Orbiter/EUI jamoasi, E. Kraaikamp (ROB)

Yevropa kosmik agentligi (ESA) tarixdagi eng aniq Quyosh suratini taqdim etdi. 12544 x 12544 piksel o‘lchamdagi bu ulkan tasvir Solar Orbiter zondining EUI asbobi yordamida, Quyoshdan 77,8 mln km uzoqlikda olingan 200 ta suratdan yig‘ildi, deya xabar beradi agentlik.

Foto: ESA & NASA/Solar Orbiter/EUI jamoasi, E. Kraaikamp (ROB)

Ultrabinafsha diapazonda olingan rasmda Quyosh atmosferasining murakkab tuzilmalari – million darajali korona, protuberanslar, tolalar va faollik zonalari aniq ko‘rinadi. Bu surat ilm-fan uchun ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, Quyosh koronasi isishi, plazma harakati va magnit maydonlarning ta’sirini o‘rganishga yordam beradi.

Foto: ESA & NASA/Solar Orbiter/EUI jamoasi, E. Kraaikamp (ROB)

Ma’lumot uchun, Solar Orbiter ESA va NASAning qo‘shma loyihasi bo‘lib, u Quyoshni chuqur o‘rganish maqsadida 2020-yilda ishga tushirilgan. Yangi suratlar yordamida olimlar kosmik ob-havo prognozlarini yanada aniqroq qilishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy va Rossiya Oyda yadro elektr stansiyasi qurmoqchi ekani haqida yozgan edik.

Shuningdek