Huawei Aito M9 25 kunda 10 ming dona sotilib rekord o‘rnatdi

26-aprel 2025 09:21 eʼlon qilindi

(26-aprel 2025 17:24 yangilandi)
Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir

Huawei Aito M9 gibrid krossoveri sotuvlar boshlanganidan atigi 25 kun ichida 10 mingdan ortiq nusxasi sotildi. Bu yuqori narxdagi avtomobillar segmentida yangi rekorddir. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Shanxay avtosalonida Huawei bosh direktori Yu Chengdong Aito M9 kompaniyaning eng yangi ADS 4.0 avtopilot tizimini havo orqali yangilash imkoniga ega birinchi avtomobili bo‘lishini e’lon qildi. Narxi taxminan $69 ming bo‘lgan avtomobil hozircha ADS 3.3 tizimi bilan jihozlangan bo‘lsa-da, u to‘rtta lazer radari, shu jumladan, orqa va yon tomonga qaratilgan qisqa fokusli datchiklar hamda ikkita tashqi mikrofon bilan to‘liq to‘plamga ega.

2025-yilgi modelda 1,5 litrli dvigatelning quvvati 149 kVtdan 160 kVtgacha oshirilgan. Sof elektr yurish masofasi 290 km, umumiy gibrid masofa esa 1474 km, to‘liq elektr versiyasi esa 630 km yurish imkonini beradi.

Avtomobil sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa (Galaxy Communications) va takomillashtirilgan muzlatkich kabi ilg‘or funksiyalarga ega bo‘lib, foydalanuvchilarga 30 metrgacha masofada signal berish imkonini taqdim etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Huawei yuk mashinalar uchun yangi zaryadlovchi qurilmasini taqdim etishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek