Honda yo‘ltanlamas CR-V TrailSport gibridini taqdim etdi

1-may 2025 11:44 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
CR-V TrailSport
Honda yo‘ltanlamas CR-V TrailSport gibridini taqdim etdi / Foto: Honda

Honda yangilangan 2026-yilgi CR-V TrailSport gibridini namoyish qildi – kompaniya ilk bor CR-V modelining off-road gibrid versiyasini taqdim etdi. Bu haqda 32cars nashri ma’lum qildi.

Model Continental yo‘ltanlamas shinalari, kulrang 18 dyuymli g‘ildiraklar, eksklyuziv Ash Green Metallic kuzov rangi va yaxshilangan tortishish tizimi bilan jihozlandi. 204 ot kuchiga ega gibrid dvigatel, isitiladigan o‘rindiqlar va rul, 9 dyuymli displey, Apple CarPlay va Android Auto qo‘llab-quvvatlashi bilan ta’minlandi.

AQShda savdo yaqin oylarda boshlanadi, TrailSport gibridi taxminan $37 mingdan sotilishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Honda yangi arzon P7 krossoverini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek