9 – 11-may dam olish kunlari: spektakl, konsert, kino va salyutlar qayerda bo‘ladi

8-may 2025 16:52 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir
Dam olish kunlari
Dam olish kunlarida Toshkentda qayerlarga borish mumkin / Foto: efesenko / Depositphotos.com

O‘zbekistonda 1999-yildan beri 9-may – Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlab kelinadi. Shu kuni poytaxtda Xotira maydoni ochilib, o‘z faoliyatini boshlagan. Ushbu kun munosabati bilan o‘zbekistonliklar 11-maygacha dam oladi. Kursiv Uzbekistan ushbu maqolada bayram kuni qayerlarda spektakllar, konsertlar, kino namoyishlari va festivallar o‘tkazilishi, shuningdek, bayram salyuti manzili haqida ham ma’lumot beradi.

Ushbu maqoladan qanday dam olish turlari haqida bilib olasiz:

«Frontga xat»dan «Ufq»gacha: dam olish kunlari teatrlarda qanday spektakllar qo‘yiladi?

9-may, juma: «Frontga xat»

Foto: Iticketuz

9 – 11-may kunlari Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston milliy qo‘g‘irchoq teatrida ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan «Frontga xat» nomli spektakl jonli ijroda namoyish etiladi. 

Ushbu spektaklda kichik qog‘oz samolyotchaning jasorati misolida minglab noma’lum askarlarning jasorati ulug‘lanadi.

Uning davomiyligi 50 daqiqa bo‘lib, rus va o‘zbek tillarida taqdim etiladi. O‘zbek tilidagi seanslar uch kun davomida soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi. Rus tilidagilari esa 12:00 da ijro etiladi.

Chiptalar narxi 33 mingdan 55 minggacha bo‘lib, iTicket.uz sayti orqali xarid qilish mumkin.

O‘zbekiston milliy qo‘g‘irchoq teatri Toshkent shahar Afrosiyob ko‘chasi, 1-uyda joylashgan, eng yaqin metro bekatlari «Kosmonavtlar».

10-may, shanba: «Ona»

Foto: Iticketuz

10-may kuni Davlat musiqali komediya teatri (Operetta)da «Ona» ertagi – sevgi va fidoyilik hikoyasini aks ettiruvchi musiqiy spektakl taqdim qilinadi (rus tilida). Teatr tomoshasi butun oila uchun mos bo‘lib, bolalar ham, kattalar ham tashrif buyurishi mumkin.

Uning davomiyligi 50 daqiqa bo‘lib, chiptalar narxi 22 ming so‘mdan 24 ming so‘mgacha. Chiptalarni iTicket.uz sayti orqali xarid qilish mumkin.

Davlat musiqali komediya teatri Chilonzor tumani, «Mirzo Ulug‘bek» metrosi, Cho‘pon ota ko‘chasi 4A uyda joylashgan. Uning yaqinidan 2, 33, 75, 94, 98 va 150-yo‘nalishli avtobuslar harakatlanadi.

«O‘zgalar dardi» – milliy namoyish

Foto: Iticketuz

O‘zbekiston milliy akademik drama teatrida 10-may kuni «O‘zgalar dardi» nomli ko‘ngilochar sahna ko‘rinish namoyish qilinadi. Spektakl o‘zbek tilida bo‘lib, soat 18:00 da boshlanib, 19:40 gacha davom etadi.

Chiptalarni iTicket.uz saytidan 60 ming, 70 ming va 90 ming so‘mgacha xarid qilish mumkin.

Teatr Toshkent shahar Navoiy shohko‘chasi 34-uyda joylashgan. «Alisher Navoiy» va «G‘afur G‘ulom» metro bekatlari orqali borsa bo‘ladi. Uning yaqinidan 17, 28, 29, 35, 43, 44, 46, 53, 64, 65, 68, 89, 91, 100, 115, 123, 152, 196 va 453- yo‘nalishli avtobuslar harakatlanadi.

11-may, yakshanba: «Rigoletto»

Foto: iTicketuz

11-may kuni Alisher Navoiy nomidagi akademik teatrda Juzeppe Verdining «Rigoletto» operasi bo‘lib o‘tadi.

Bu dramada dunyoni zabt qilgan musiqa aks etgan. Unda qahramonlar taqdiri qasos, muhabbat va xiyonat hikoyasida o‘zaro bog‘langan.

Opera rus tilida va jonli ijroda, soat 18:00 dan 20:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi. Chiptalarni 40 ming, 70 ming, 100 ming va 150 ming so‘mga iTicket.uz orqali olish mumkin.

Teatr Toshkent shahri, Zarafshon ko‘chasi 28-uyda joylashgan. Eng yaqin metro bekatlari «Kosmonavtlar» va «Mustaqillik maydoni». Uning yaqinida 67 va 51-yo‘nalishli avtobuslar harakatlanadi.

Ozoda Nursaidova, Jahongir Otajonov, Ulukmanapo – dam olish kunlari kimlarning konsertlari bo‘lib o‘tadi?

9-may, juma: Benom va Rayhona Magic’da

Foto: Afishauz

9 – 10-may kuni «Benom» guruhi va Rayhona Ganiyeva ishtirokida bayram sharafiga bepul konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Dastur soat 19:00 da boshlanadi, unda Double Touch raqs shousi ham bo‘ladi.

Manzil Magic City oilaviy bogʻi, shuningdek, har kuni 22:30 da suv ustidagi «Moʻjizaviy tun» shousi oʻtkaziladi. U yerga eng yaqin metro bekati «Xalqlar doʻstligi» boʻlib, 11, 32, 47, 76, 81, 103, 118, 126-yo‘nalishli avtobuslar harakatlanadi.

Jaziramada «Jazzirama»ni tinglang

Foto: Afishauz

9-may kuni O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyi orqasidagi ochiq maydonda «Jazzirama» guruhining konserti o‘tkaziladi.

Konsert 19:30 da boshlanib, kirish bepul. Anjumanlar saroyi manzili Toshkent shahar, Istiqbol ko‘chasi 1-uy. U yerga yetib borishda eng yaqin metro bekati «Amir Temur xiyoboni». Uning yaqinidan 1, 37, 55, 68, 83, 98-yo‘nalishli avtobuslar harakatlanadi.

Ma’lumot uchun, ushbu guruh 2013-yildan beri faoliyat yuritayotgan O‘zbekistondagi eng yorqin jazz jamoalaridan biridir.

Ulukmanapodan yoshlarbop konsert

Foto: iTicketuz

9-may kuni 19:00 da O‘zbekiston davlat tennis klubida qirg‘izistonlik reper Ulukmanaponing jonli ijrodagi konserti bo‘lib o‘tadi.

Ulukmanapo – reper va «Rasstoyaniye», «Letali», «Aziatskaya estetika», «Crocko Laco» kabi qo‘shiqlar muallifi.

Shuningdek, dasturga V $ X V PRiNCE, Yamadzhi & Feydzhi va DJ King Macarella singari mehmonlar ham tashrif buyuradi.

Konsert uchun chiptalar narxi 150 ming so‘mdan 850 ming so‘mgacha boradi. Tennis klubi manzili Toshkent shahar, Iftixor ko‘chasi 1-uy. U yerga yetib borishda eng yaqin metro bekati «Shahriston». Uning yaqinidan 24, 50, 51, 63, 67, 91, 93, 95, 97, 140, 157-yo‘nalishli avtobuslar harakatlanadi.

10-may, shanba: Jahongir Otajonovdan «Splin» rok guruhigacha

10-may kuni 19:00 da Humo Arena’da Jahongir Otajonovning «Happy» nomli konserti boʻlib oʻtadi.

Konsert dasturi faqat bir kun, jonli ijroda va o‘zbek tilida namoyish etiladi. Unda xonandaning 4-fevral kuni chiqarilgan «Happy Birthday» ashulasini ham jonli ijroda tinglash mumkin.

Uch soat davom etadigan konsert uchun chipta narxlari 150 ming so‘mdan 850 ming so‘mgacha boradi.

Humo Arena Toshkent shahar Beshyog‘och ko‘chasi 28B-uyda joylashgan bo‘lib, eng yaqin metro bekati «O‘zbekiston». Uning yaqinida 13, 51 va 196-yo‘nalishli avtobuslar harakatlanadi.

Rok ixlosmandlari uchun: «Splin» rok guruhi

Foto: iTicket.uz

10-may kuni Milliy kino san’ati saroyi (Panorama) da «Splin» rok guruhining konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Dastur soat 19:00 dan 21:00 gacha rus tilida bo‘lib o‘tadi. Chiptalar narxi 400 ming so‘mdan 2 mln so‘mgacha boradi.

Panorama Toshkent shahar Alisher Navoiy ko‘chasi 15-uyda joylashgan bo‘lib, eng yaqin metro bekati «Alisher Navoiy». Uning yaqinida 28, 44, 46, 68, 89, 91, 115-yo‘nalishli avtobuslar harakatlanadi.

«Splin» — musiqaning teranligi, samimiyligi va sehri bilan bog‘lanadigan nom. 30 yillik ijodiy faoliyati davomida bu guruh qo‘shiqlari saundtreklarga aylandi.

11-may, yakshanba: Kunni Ozoda Nursaidova yoki jaz festivali bilan o‘tkazing

Foto: eurasia.travel.uz

11-may kuni soat 19:30 da Toshkentdagi Xalqaro jaz festivalida Indoneziyaning «Rumah Angklung» va «Arunika Angklung» guruhi ishtirok etadi. Kirish bepul.

Konsert O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyining ochiq maydonida bo‘lib o‘tadi. Anjumanlar saroyi manzili Toshkent shahar, Istiqbol ko‘chasi 1-uy. U yerga yetib borishda eng yaqin metro bekati «Amir Temur xiyoboni» bo‘lib, uning yaqinidan 1, 37, 55, 83, 98-yo‘nalishli avtobuslar harakatlanadi.

Ozoda Nursaidova bilan 10 kun

Foto: iTicket.uz

7-maydan 16-maygacha soat 19:00 dan 22:00 gacha «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyida Ozoda Nursaidovaning konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Konsert dasturi o‘n kun davomida, jonli ijroda va o‘zbek tilida namoyish etiladi. Chiptalarni iTicket.uz sayti orqali 40 ming so‘mdan 500 ming so‘mgacha xarid qilish mumkin.

«Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi Toshkent shahar Furqat ko‘chasi 3-uyda joylashgan. Eng yaqin metro bekati «Xalqlar do‘stligi». Uning yaqinida 11, 13, 32, 47, 76, 81, 100, 103, 118, 126, 141 va 196-yo‘nalishli avtobuslar harakatlanadi.

Dam olish kunlari kino yoki Dog Festival 2025 festivali bilan yanada mazmunli

9-10-may, juma va shanba kunlari: Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan kinolar namoyishi

Foto: «Ilhaq» badiiy filmi videosidan olingan

9-10-may kunlari Milliy kino san’ati saroyida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan oʻzbek filmlari namoyish etiladi. Jumladan:

  • 9-may:
    14:00 – «Ilhaq» badiiy filmi;
    16:20 – «Mamadali Topvoldiyev» hujjatli filmi.
  • 10-may:
    14:00 – «Bahodir Yalangto‘sh» badiiy filmi;
    16:20 – «Zebo G‘aniyeva» hujjatli filmi.

Shuningdek, Retro film klubi tomonidan ham bir nechta filmlar qo‘yiladi:

  • 9-may, 16:30: «Sen yolg‘iz emassan» badiiy filmi (oʻzbek tilida);
  • 10-may, 16:30: «Farhodning jasorati» badiiy filmi (oʻzbek tilida).

Filmlar o‘zbek tilida namoyish etiladi va kirish bepul. Panorama Toshkent shahar Alisher Navoiy ko‘chasi 15-uyda joylashgan bo‘lib, eng yaqin metro bekati «Alisher Navoiy». Uning yaqinida 28, 44, 46, 68, 89, 91, 115-yo‘nalishli avtobuslar harakatlanadi.

Dog Festival 2025

It
Foto: Unsplash

11-may kuni soat 10:00 da poytaxtda Alfa Dog kinologiya kompaniyasi tomonidan Dog Festival 2025 va «Bahor 2025» nomli yirik itlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Tadbir Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida bo‘lib o‘tadi.

Tadbir doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha chiqishlar va bellashuvlar bo‘lib o‘tadi:

  • xizmat itlari va ularni tayyorlagan kinologlarning ko‘rgazmali chiqishlari;
  • har xil zotdagi itlar o‘rtasida Chempionlar bellashuvi;
  • «Eng yaxshi Hendler» tanlovi.

Tadbirga kirish bepul bo‘lib, barcha hayvonsevarlar va mehmonlar uchun ochiq. Milliy kinologiya markazi Yangihayot tumani Sofdil koʻchasi 9-uyda joylashgan. U yerga eng yaqin metro bekati «Turon». Uning atrofida 66, 130, 143-yo‘nalishli avtobuslar harakatlanadi.

Bayram salyuti

Foto: Toshkent shahar hokimligi

9-may kuni soat 21:00 da Mudofaa vazirligi va Toshkent shahri hokimligi birgalikda «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram salyuti va mushakbozligini tashkil qiladi. Bu haqda prezident qarorida belgilangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan bahorda qayerga sayohat qilish mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek