Chevrolet Tahoe 2027 qanday ranglarda chiqadi

25-sentabr 2026 14:22 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Tahoe 2027 qanday ranglarda chiqadi
Foto: Chevrolet

Chevrolet Tahoe 2027 uchun tashqi kuzov ranglari ro‘yxatini yangiladi. Model jami sakkiz xil rangda taklif etiladi, ulardan oltitasi qo‘shimcha to‘lovsiz, ikkitasi esa pullik bo‘ladi.

Yangi White Sands rangi qo‘shildi

Qo‘shimcha to‘lov talab qilmaydigan ranglar qatoriga Black, Dark Ash Metallic, Lakeshore Blue Metallic, Sterling Gray Metallic, Summit White va White Sands kiradi.

White Sands — 2027-yil uchun yangi rang bo‘lib, u avvalgi Cypress Gray o‘rnini egallagan.

Eng qimmat rang $995 turadi

Manba: GMAutority

Ikki rang uchun alohida haq olinadi. Radiant Red Tintcoat uchun $495, Polar White Tricoat uchun esa $995 to‘lash kerak bo‘ladi.

Radiant Red Tintcoat barcha oltita komplektatsiyada mavjud. Polar White Tricoat esa faqat Premier va High Country versiyalari uchun taklif qilinadi.

Ranglar komplektatsiyaga qarab farq qiladi

Black, Dark Ash Metallic, Radiant Red Tintcoat va Sterling Gray Metallic barcha komplektatsiyalarda mavjud.

Foto: GMAutority

Lakeshore Blue Metallic rangini LS, LT, Premier va High Country uchun tanlash mumkin, biroq Z71 va RST versiyalarida u mavjud emas.

Summit White LS, LT, Z71 va RST komplektatsiyalarida taklif etiladi. White Sands esa faqat Z71 va RST uchun mo‘ljallangan.

Uch xil dvigatel taklif qilinadi

2027-yilgi Chevrolet Tahoe uch xil dvigatel bilan ishlab chiqariladi. Bular 5,3 litrli atmosferali V8 benzin dvigateli, 6,2 litrli atmosferali V8 va 3,0 litrli olti silindrli Duramax turbodizel motoridir.

Avtomobil GM T1 platformasida ishlab chiqariladi. Tahoe’ni yig‘ish AQSHning Texas shtatidagi Arlington zavodida amalga oshiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors Chevrolet Damas uchun aksiyani yo‘lga qo‘ygani haqida yozgan edi.

Shuningdek