Saudiyada birinchi sun’iy intellekt shifokorlari klinikasi ishga tushdi

18-may 2025 14:09 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir
Saudiyada birinchi sun’iy intellekt shifokorlari klinikasi ishga tushdi / Foto: Synyi AI

Xitoyning Synyi AI kompaniyasi Saudiya Arabistonining Al-Ahsa viloyatida dunyodagi birinchi AI shifokor klinikasini ochdi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

Bu klinikada bemorlarni sun’iy intellekt asosidagi «Dr. Hua» nomli virtual shifokor qabul qiladi. Maqsad – inson shifokorlarining dastlabki tashxis bosqichini AI orqali almashtirish.

Dr. Huaga bemorlar planshet orqali alomatlarini aytib beradilar. AI qo‘shimcha savollar beradi va yurak grafigi, rentgen kabi tasvirlarni tahlil qiladi.

So‘ng davolash rejasini ishlab chiqadi, bu reja keyinchalik inson shifokori tomonidan tasdiqlanadi. Shuningdek, favqulodda holatlar uchun inson shifokorlari joyida navbatchi bo‘lib turadi.

Synyi AI’ga ko‘ra, tizim test bosqichida atigi 0,3% xatolik darajasiga ega bo‘lgan. Shu paytgacha bir necha o‘nlab bemorlar xizmatdan bepul foydalangan. Loyihaning asosiy bosqichi tugagach, AI tomonidan tuzilgan tibbiy ma’lumotlar rasmiy idoralarga taqdim etiladi va xizmat ruxsat olgach tijorat asosida kengaytiriladi.

«AI ilgari shifokorlarga yordamchi edi. Endi esa u bemorlarni mustaqil davolash bosqichiga chiqmoqda», – dedi kompaniya rahbari Zhang Shaodian.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan sun’iy intellekt sog‘lom hujayralarda genlarni boshqaruvchi DNK yaratgani haqida yozgandi.

Shuningdek