Xiaomi 18 taqdimotidan oldin buyurtmalar qabul qiliş boşlandi

28-noyabr 2026 11:57 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xiaomi 18 taqdimotidan oldin buyurtmalar qabul qiliş boşlandi
Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi yangi flagman smartfoni Xiaomi 18 uçun oldindan buyurtma qabul qiliş dasturini kengaytirdi. Bu haqda ITHome naşri xabar berdi.

Qurilmani Xiaomi Mall rasmiy internet-dökoni, şuningdek, JD.com va Tmall savdo platformalari orqali band qiliş mumkin. Smartfonning rasmiy taqdimoti dekabr oyida ötkazilişi kutilmoqda. Kompaniya hozirça yangi smartfonning texnik xususiyatlari va narxini rasman oşkor qilmagan. Ayrim savdo nuqtalarida buyurtmalar 20-noyabrdan boşlab qabul qilinayotgan edi.

Xiaomi 18 qanday texnik xususiyatlarga ega böladi?

Dastlabki ma’lumotlarga köra, Xiaomi 18 smartfoni 1,5K aniqlikdagi 6,4 dyuymli yassi OLED ekran bilan jihozlanadi. Xiaomi 18 Pro va Xiaomi 18 Pro Max modellaridan farqli ravişda, bazaviy versiyaning orqa panelida qöşimça ekran bölmaydi.

Qurilma Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 6 protsessori asosida işlaşi kutilmoqda.

Smartfonning bazaviy versiyasi 12 GB tezkor va 256 GB içki xotiraga ega böladi. Eng yuqori konfiguratsiyada esa 16 GB tezkor va 1 TB içki xotira taklif etilişi mumkin.

Ikkita 200 megapikselli kamera va kuçli akkumulyator

Xiaomi 18 uçta orqa kamera bilan jihozlanişi kutilmoqda. Asosiy kamera 200 megapikselli, ultra keng burçakli kamera 50 megapikselli böladi. Şuningdek, uç karra optik zumga ega 200 megapikselli periskop kamera örnatilişi mumkin.

Smartfon 7 200 mA/soat siğimli akkumulyator bilan jihozlanişi, 100 Vt quvvatli simli va 50 Vt quvvatli simsiz quvvatlaş texnologiyalarini qöllab-quvvatlaşi kutilmoqda.

Xaridorlarga qanday imtiyozlar taklif etilmoqda?

Xiaomi Mall platformasida 9,9 yuan miqdorida depozit tölagan xaridorlarga qiymati 399 yuanga baholangan, qurilmani 365 kun içida almaştiriş xizmati taklif etilmoqda. Xaridor smartfonni sotib oliş fikridan qaytsa, depozit avtomatik ravişda qaytariladi.

Bundan taşqari, oldindan buyurtma bergan xaridorlar smartfonni 24 oyga foizsiz bölib tölaş imkoniyatiga ega böladi. Eski qurilmani yangisiga almaştiriş dasturi doirasidagi subsidiya miqdori esa 1,4 ming yuangaça yetişi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Redmi Turbo 6 Max 11 000 mAh batareya olişi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek