Google sun’iy intellektlari endi internetlarsiz ham smartfonda ishlaydi

3-iyun 2025 12:20 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Google SI modellari endi internetlarsiz ham smartfonda ishlaydi / Foto: Google

Google Android uchun yangi «AI Edge Gallery» ilovasini taqdim etdi. Ushbu eksperimental dastur orqali foydalanuvchilar Hugging Face platformasidagi sun’iy intellekt modellarini bevosita smartfonlarida ishga tushirishi mumkin. Bu haqda Lifehacker xabar bermoqda.

Foto: google

Ilova internetga ulanmasdan ishlaydi – barcha hisob-kitoblar qurilmaning protsessori orqali amalga oshiriladi. U matn yozish, rasm generatsiyasi, kod tahrirlash va savollarga javob berish kabi vazifalarni bajaradi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida tayyor topshiriqlar andozalari hamda matnlarni qayta ifodalashga yordam beruvchi Prompt Lab bo‘limi taqdim etilgan. Har bir vazifa uchun mos modellardan foydalanish mumkin.

Foto: Google

Ilova samaradorligi qurilma quvvatiga bog‘liq bo‘lib, kuchli telefonlarda tezroq ishlaydi.

Dastur hozircha alpha-versiyada taqdim etilgan va Apache 2.0 litsenziyasi ostida GitHub’da mavjud. Uni APK-fayl ko‘rinishida ham yuklab olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston madaniyatni sun’iy intellekt yordamida rivojlantirishi haqida yozgan edi.

Shuningdek