Geely Galaxy A7 EM-i narxlari Toyota’ni “sindiradi”

5-iyun 2025 16:29 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Geely Galaxy A7 EM-i narxlari Toyota’ni «sindiradi» / Foto: Geely

Geely Galaxy A7 EM-i sedanining rasmiy suratlarini taqdim etdi. Bu haqda Autohome nashri xabar bermoqda.

Galaxy A7 EM-i o‘lchamlari Camry va Accord sedani bilan teng.Uzunligi — 4918 mm, eni — 1905 mm, balandligi — 1495 mm, bazasi — 2845 mm. Narxi taxminan 100 000 yuandan ($15 ming) boshlanishi kutilmoqda. Model keng salonga ega va byudjet toifasida taqdim etiladi. Bu uni bozorda raqobatbardosh va ommabop qiladi.

Foto: Geely
Foto: Geely
Foto: Geely
Foto: Geely

Gibrid tizim Galaxy Star 8 EM-i’dan olingan.1,5 litrli benzinli motor (112 ot kuchi) va DHT uzatmalar qutisi mavjud. Ichki yonuv dvigateli g‘ildiraklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanmagan. Old o‘qdagi elektromotor 238 ot kuchi quvvatga ega. Yonilg‘i sarfi — 100 km ga atigi 2 litr, umumiy yurish zaxirasi — 2100 kmni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Geely Galaxy A7 EM avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek