Honor 400 va 400 Pro Xitoyda sotuvga chiqdi

7-iyun 2025 14:35 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Honor 400 va 400 Pro Xitoyda sotuvga chiqdi / Foto: Honor

Honor kompaniyasining yangi Honor 400 va 400 Pro smartfonlari Xitoyda sotuvga chiqarildi. Boshlang‘ich narx 2,5 ming yuan (taxminan $346) bo‘lib, subsidiya hisobida narx 2124 yuangacha tushadi, deya xabar bermoqda MyDrivers ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yangi modellar to‘rtta rangda taqdim etildi: ko‘k, pushti, kumushrang va qora. Ko‘k va pushti rangdagi modellarda orqa panelning o‘ziga xos tuzilmasiga ega.

Ikkala modelda ham 200 MP kamera, King algoritmi, sun’iy intellekt asosidagi funksiyalar – suratni videoga aylantirish, ajin va yaltirashlarni olib tashlash imkoniyati mavjud.

Honor 400 va 400 Pro 7200 mA·soat sig‘imdagi zamonaviy akkumulyator, 100 Vt simli va 50 Vt simsiz tez quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Honor 400 Snapdragon 7 Gen4, Honor 400 Pro esa Snapdragon 8 Gen3 protsessoriga ega. OLED ekran 6,55 dyuym, 120 Gs, 5000 nit yorqinlik va IP69 himoya darajasiga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor 400 Pro smartfonining batareyasi sinovdan o‘tkazilgan edi.

Shuningdek