Vivo eng yupqa modellardan birini taqdim etdi

19-iyun 2025 09:25 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Rasm Sora SI yordamida sayqallangan / Manba: Vivo

Vivo kompaniyasi o‘zining yangi buklanuvchi flagman smartfoni – Vivo X Fold5 haqidagi ilk ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda kompaniya Weibodagi sahifasida ma’lum qildi.

Qurilma bozordagi eng yupqa modellardan biri bo‘lmasa-da, eng uzoq ishlaydigan buklanuvchi smartfonlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Vivo X Fold5 / Foto: Vivo / Weibo

Smartfon 6000 mA·soat sig‘imga ega akkumulyator bilan jihozlanadi. Uning asosiy afzalligi – bu to‘rtinchi avlod kremniy anodli texnologiyaga asoslangan sanoatdagi ilk akkumulyator bo‘lishida.

Undagi kremniy miqdori avvalgilarga qaraganda 2,5 barobar ko‘p bo‘lib, bu quvvat zichligini 13 foizga oshirgan.

Bundan tashqari, akkumulyator ikkinchi avlod yarim qattiq elektrolitga ega bo‘lib, u hatto -30 °C gacha bo‘lgan sovuqda ham ishlay oladi.

Foto: Vivo / Weibo

X Fold5 smartfonining qalinligi 9,2 mm, og‘irligi esa 216 grammni tashkil etadi. Avvalroq ushbu model IPx9+ darajasida namlikka chidamliligi bilan ham e’tiborga tushgan edi.

Vivo – Xitoyning smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyasidir. U 2009-yilda tashkil etilgan va hozirda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘z mahsulotlarini sotadi. Vivo telefonlari zamonaviy dizayn, yaxshi kamera va ilg‘or texnologiyalar bilan ajralib turadi. Kompaniya buklanuvchi smartfonlar, kuchli akkumulyatorlar va sun’iy intellektga asoslangan funksiyalarni joriy etish bilan ham tanilgan. Vivo Android operatsion tizimida ishlaydi va foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun o‘zining Funtouch OS dasturiy ta’minotidan foydalanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Y400 Pro 2025-yil 20-iyun kuni taqdim etilishi haqida yozgan edi. Vivo e’lon qilgan tizerda smartfonning umumiy ko‘rinishi ham ochiqlangan. Qurilma zamonaviy dizaynga ega bo‘lib, u bozorga AMOLED ekran va kuchli akkumulyator bilan kirib keladi.

Shuningdek