Yer yuzi qiz farzandni tanlamoqda, abortlar soni kamaygan – bunga sabab nima

20-iyun 2025 09:49 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Dunyo bo‘ylab rivojlangan davlatlarda qiz homilani abort qildirish holatlari keskin kamaygan. Foto: Sora sun’iy intellektida tayyorlandi

Dunyo bo‘ylab rivojlangan davlatlarda qiz homilani abort qildirish holatlari keskin kamaygan. Jumladan, 1985 – 2003-yillarda Janubiy Koreyada o‘g‘il farzand zarur deb hisoblash 48%dan 6%ga tushgan. Bu haqda The Economist nashri xabar bermoqda.

So‘nggi o‘n yillikda ultratovush texnologiyasi orqali homilaning jinsini aniqlash imkoniyati kengayganidan so‘ng 1980-yildan beri taxminan ota-onalar 50 million qiz bola tug‘ilishini xohlashmagan.

Eng yomon davr 2000-yilda kuzatilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 1,7 million nafarga yetgan. Ammo 2025-yilda bu raqam 200 mingga tushishi kutilmoqda. Bu esa 2001-yildan beri 7 millionga yaqin qiz bolaning hayoti saqlab qolinganini bildiradi.

Janubiy Koreyada 1990-yilda har 100 qizga 116 o‘g‘il bola to‘g‘ri kelgan. Bugungi kunga kelib bu nisbat 105 nafar qiz bolaga 100 nafardan o‘g‘il bola ko‘rsatkichiga yaqinlashdi. Xuddi shunday natija Xitoyda 2000-yillarda 117 ga 100 nisbatida qayd etilgan. 2023-yilda bu ko‘rsatkich 111 ga 100 nisbatga tushgan. Hindistonda esa bu raqam 2010-yildagi 109 dan 107 gacha kamaygan.

Rivojlangan davlatlarda esa qizlarga nisbatan qiziqish ortmoqda. Masalan, Yaponiya va Skandinaviya mamlakatlarida aholi so‘rovlarda qiz farzand istagining ustunligini ko‘rsatgan. AQShda esa IVF (sun’iy urug‘lantirish) orqali jins tanlash xizmatidan foydalanganlarning 80 foizi aynan qiz farzand tanlagan.

Bunday o‘zgarishlarga bir nechta omillar sabab bo‘lmoqda. Jumladan, qizlar ota-onalariga ko‘proq g‘amxo‘rlik qilishi, o‘g‘il bolalarning esa ruhiy muammolarga ko‘proq duchor bo‘lishi kabilar. Shuningdek, o‘g‘il farzand tarbiyasida jinoyatchilik xavfi, ta’limdagi qiyinchiliklar va ijtimoiy bosimlar ham ota-onalarning tanloviga ta’sir qilmoqda.

Tadqiqotchilar fikricha, bu holat jahon jamiyatidagi gender rollar va ijtimoiy tushunchalarning o‘zgarayotganini aks ettiradi. Shu bilan birga, bu global tendensiya rivojlanayotgan mamlakatlarda gender tengligi uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda ayollarga yashash va ishlash eng qulay davlatlar aniqlangani haqida yozgandi.

Shuningdek