Kia EV2 avtomobilining Coupe varianti taqdim etiladi

20-iyun 2025 11:12 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Kia kompaniyasining eng kichik va hamyonbop elektromobili Kia EV2’ning Coupe varianti taqdim etildi. Foto: Kia

Kia kompaniyasining eng kichik va hamyonbop elektromobili Kia EV2 endi yangi Coupe varianti bilan taqdim etiladi. Bu haqda Elektrek nashri xabar berdi.

EV2 Coupe modeli old va orqa qismdan deyarli oddiy SUV versiyasiga o‘xshaydi, biroq yon tomondan qaraganda Genesis GV60 dizaynini eslatadi. Ayniqsa, C-ustun (C-pillar) qismida coupe uslubidagi o‘zgarishlar ko‘zga yaqqol tashlanadi.

Coupe versiyada gorizontal orqa chiroqlar, yon oynalarda esa piksel ko‘rinishidagi burilish chiroqlari joylashtirilgan.

Kia EV2 avtomobilining Coupe varianti taqdim etildi. Foto: Kia

Ichki qismda esa ikkita 12,3 dyuymli ekran (haydovchi paneli va navigatsiya ekrani) joylashgan. Kia yangi ccNC – Connected Car Navigation Cockpit tizimi bilan ta’minlanadi. Ichki makon esa kichik o‘lchamiga qaramay keng va qulay bo‘lishi aytilmoqda.

Kia EV2 uzunligi taxminan 4,3 ming mm bo‘lib, EV3 modelidan biroz kichikroq bo‘ladi. Lekin yo‘lda baland ko‘rinishi bilan o‘ziga xos obraz yaratadi.

Kia EV2 avtomobilining Coupe varianti taqdim etildi. Foto: Kia

Model 2026-yildan boshlab Yevropa va boshqa xalqaro bozorlarda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Narxi hozircha rasman e’lon qilinmagan, ammo Kia bosh direktori Ho-Sung Songning aytishicha, EV2 modeli Britaniyada 25 ming funt-sterling (taxminan $32 ming) atrofida bo‘lishi mumkin. Bu uni EV3 modelidan (narxi $44,8 ming) ancha arzon qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kia sport avtomobillarini «rozetkaga» o‘tkazilishi haqida yozgandi.

Shuningdek