
Peladn brendi Yo1 nomli yangi mini-kompyuterini taqdim etdi. Bu haqda Peladn rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Flagman darajasidagi 16 yadroli Ryzen AI MAX+ 395 protsessorida ishlovchi qurilma o‘z toifasida eng kuchlilardan biri sanaladi. Grafikaga Radeon 8060S javobgar, alohida videokarta mavjud emas.

Yo1 modeli 128 GB gacha LPDDR5X-8000 xotirani qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma USB4 va USB 3.2 portlari, Wi-Fi 6E, Bluetooth 5.2 hamda HDMI 2.1 bilan jihozlangan. Operatsion tizim – Windows 11 Pro. Quvvat limiti 55, 85 yoki 120 Vt rejimlarga sozlanadi.
Mini-kompyuter hajmi 221×200×56 mm, og‘irligi 1380 grammni tashkil qiladi. Narxi $1850 atrofida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda iPhone 5 hajmidagi mini-smartfon taqdim etilgan edi.