Nissan NX7 bir quvvatda 1 666 kmgaça yuradi

27-noyabr 2026 14:45 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Nissan NX7 bir quvvatda 1 666 kmgaça yuradi
Foto: Nissan

Dongfeng Nissan Xitoy bozorida yangi Nissan NX7 plug-in gibrid krossoverini sotuvga çiqardi. Model töliq bak va quvvatlangan batareya bilan 1 666 kmgaça masofa bosib ötişi mumkin.

NX7 Nissan’ning Xitoydagi N Series oilasining törtinçi modeli böldi. Krossoverning asosiy xususiyatlaridan biri katta siğimli batareya va uzoq elektr yuriş zaxirasi.

Benzinsiz 325 kmgaça

Nissan NX7 1,5 litrli benzin dvigateli va elektromotordan iborat gibrid tizim bilan jihozlangan. Içki yonuv dvigateli 98 ot kuçi, elektromotor esa 228 ot kuçi işlab çiqaradi.

Foto: Nissan

Elektromotor 40,95 kWh siğimli CATL litiy-temir-fosfat — LFP batareyasidan quvvat oladi.

Işlab çiqaruvçi ma’lumotiga köra, NX7 Xitoyning CLTC sikli böyiça faqat elektr energiyasida 325 km gaça yurişi mumkin. Benzin baki töliq va batareya quvvatlangan holatda esa umumiy yuriş zaxirasi 1 666 kmga yetadi.

Bu laboratoriya şaroitida olingan körsatkiçlar bölib, real foydalanişdagi masofa ob-havo, tezlik va haydaş uslubiga qarab farq qilişi mumkin.

Foto: Nissan

17,3 dyuymli ekran va 55 dyuymli proyeksiya

Krossover salonida 17,3 dyuymli 3K markaziy displey örnatilgan.

Şuningdek, haydovçi uçun 55 dyuymli kengaytirilgan reallik — AR proyeksion displeyi mavjud.

Avvalroq «Kursiv» Nissan NX7 avtomobili rasman taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek