Mercedes «raketa» tezligidagi yangi elektromobilini taqdim etdi – video

26-iyun 2025 13:25 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
Kompaniya «raketa» tezligidagi yangi elektromobilini taqdim etdi. Foto: Mercedes-Benz

Mercedes «raketa» tezligiga o‘xshash yangi elektromobilini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Uchinchi avlod axial-flux motorlar umumiy 1 340 ot kuchi (985,5 kVt)ga ega va 220 mil/soat (354 km/soat) maksimal tezlikka erisha oladi.

Yangi axial-flux motorlar oddiy motorlarga qaraganda kichikroq, yengilroq va samaraliroq ishlash uchun yaratilgan. Hozirgi ko‘pchilik elektromobillarda radial-flux dizayni qo‘llaniladi – unda trubasimon stator motor miliga perpendikulyar tarzda aylanadi. AMG’ning axial-flux motorlarida esa disk shaklidagi stator milga parallel tarzda aylanadi. Bunday dizayn natijasida motor oddiy dizaynli motorlarga qaraganda 67% kichikroq va yengilroq bo‘ladi. Bu esa 3 barobar yuqori quvvat zichligi va 2 barobar ortiq aylanish momenti zichligini ta’minlaydi.

Bu axial-flux motorlarga kuch beradigan batareya yangi dizaynli, moy bilan sovutiladigan, baland, silindrsimon NCMA kimyoviy hujayralarga asoslangan. NCMA – nikel, kobalt, marganets va alyuminiy oksidi katoddan tashkil topgan. Bu alyuminiy qo‘shilgan litiy-ion katod texnologiyasi batareya sig‘imi, energiya zichligi va quvvatini oshiradi. Shu bilan birga, kobalt miqdorini kamaytiradi va strukturaviy barqarorlikni yaxshilaydi.

800+ voltli batareya (Concept GT XX modeli uchun) 3 mingdan ortiq NCMA hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, 850 kVt tez zaryadlash imkoniyatiga ega. Mercedes umumiy quvvatni aniq aytmagan, ammo energiyani saqlash zichligi 300 Wh/kg deb ma’lum qilgan.

Motorlar esa elektr uzatmalar bloki (EDU) ichida joylashgan bo‘lib, unda planetar uzatmalar qutisi va kremniy karbidli invertor mavjud. Orqa blokda ikkita motor joylashgan bo‘lib, ular 860 ot kuchi (632,5 kVt) ishlab chiqaradi. Old blokda esa bitta motor, tishli uzatma va qolgan quvvat joylashgan.

Aerodinamika ham Concept GT XX dizaynining muhim qismini tashkil qiladi. Avtomobilning havo qarshilik koeffitsiyenti bor-yo‘g‘i 0,198 bu esa avtomobil tanasi shakli va faol aero g‘ildiraklar tufayli erishilgan. G‘ildirakdagi parraklar tormoz sovutish yoki aerodinamika uchun kerakli holatda ochiladi yoki yopiladi.

Tana shakli qisqa, kuchli va klassik avtomobillarni eslatadi – radiator panjarasi va kapot qismi klassik 300 SLR uslubini esga soladi.

Yoritilgan apelsin rangli chiziqlar, karbon tolali aksentlar va o‘rindiqlar, V8 dvigatel tovushi eshittiriladigan faralar ichidagi karnaylar, yoke uslubidagi rul va video o‘yinlarga o‘xshash salon – barchasi Concept GT XX’ning kayfiyatini yaratadi. Shuningdek, markaziy dasturlanadigan orqa chiroq, orqa faralar orasida joylashgan bo‘lib, dizaynga zamonaviylik qo‘shadi.

Kompaniya ushbu model yo‘lga chiqishga va seriyali ishlab chiqarishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mercedes-AMG GT 50 faqat Xitoy uchun taqdim etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek