
Realme kompaniyasi tomonidan yangi Realme 14 5G smartfoni taqdim etildi. Bu qurilma o‘rta narxdagi segmentga mansub bo‘lsa-da, kuchli texnik imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
Smartfon 6,67 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan. Uning tasvir aniqligi Full HD+ bo‘lib, yangilanish tezligi 120 Gts. Yorqinligi va kontrasti yuqori. Ekran kunduzgi yorug‘likda ham yaxshi ko‘rinadi.

Realme 14 5G suv va changdan himoyalangan. Qurilma IP68 va IP69 darajadagi sertifikatlarga ega. Ya’ni, u chuqur suvda ham ishlay oladi. Korpus plastik bo‘lsa-da, mustahkam.
Smartfonda Snapdragon 6 Gen 4 protsessori ishlatilgan. Bu chip 4 nanometrli texnologiyada tayyorlangan. Uning ishlashi barqaror va o‘yinlarda ham tezkorlik bilan ajralib turadi.
Telefon ksovitishvutish tizimiga ega. Bu tizim uzoq o‘yin vaqtida qizib ketmasligiga yordam beradi.

Batareyasi katta – 6000 mA/soat. To‘liq quvvatda telefon bir necha kun ishlay oladi. 45 vattli tez quvvatlash imkoniyati bor. 1400 martagacha zaryadlovda sig‘imning 80 foizi saqlanib qoladi.
Realme 14 5G‘da asosiy kamera 50 megapikselli. Video yozish 4K sifatida amalga oshiriladi. Shuningdek, kamera sun’iy intellekt asosida surat sifatini yaxshilaydi. Selfi kamerasi ham yaxshi sifatda suratga oladi.

Ovoz tizimi stereo, lekin dinamiklar balansi unchalik kuchli emas. Biroq umumiy ovoz sifati qoniqarli. Telefonning dizayni zamonaviy, orqa panelda yorug‘lik effektlari mavjud.
Smartfon Android tizimida ishlaydi, foydalanuvchi interfeysi oddiy va qulay. Wi-Fi 6, Bluetooth 5.2, NFC kabi texnologiyalar bilan jihozlangan.
Realme 14 5G bozorlarda 8/256 GB versiyasi bilan 28 ming rubl (taxminan 300 dollar) atrofida sotilmoqda. Yana bir kuchliroq – 12/256 GB versiyasi ham mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Realme P3 Ultra haqida yozgan edi.