Samsung Snapdragon 8 Elite smartfonlari savdosi bo‘yicha yetakchiga aylandi

9-iyul 2025 15:09 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S25 seriyasi
Samsung Galaxy S25 seriyasi eng ko‘p sotilgan Snapdragon 8 Elite smartfoni bo‘ldi / Foto: Notebookcheck

Samsung kompaniyasi Snapdragon 8 Elite protsessorli smartfonlar segmentida yetakchilikni qo‘lga oldi. Bu haqda 4PDA nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu chip asosidagi smartfonlar orasida eng ko‘p sotilgan qurilma — Samsung Galaxy S25 seriyasi bo‘lgan. May oyining oxirigacha Galaxy S25 seriyasining umumiy sotuvi 16,61 million donaga yetgan. Bu natija boshqa barcha ishlab chiqaruvchilarning Snapdragon 8 Elite protsessorli smartfonlari birgalikdagi savdosidan ham yuqori bo‘lgan.

Seriyadagi eng ommabop model Galaxy S25 Ultra— 8,39 mln dona sotilgan. Keyingi o‘rinlarda Galaxy S25 (4,86 mln), Galaxy S25+ (3,17 mln) va Galaxy S25 Edge (0,19 mln) joylashgan.

Samsung’ning ushbu natijaga erishishida yangi Galaxy S25 flagman liniyasi muhim rol o‘ynadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 Ultra haqida ilk ma’lumotlar e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek