Hugging Face Reachy Mini robotlari savdosi boshlandi – narx

10-iyul 2025 08:55 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Hugging Face Reachy Mini robotlari savdosi boshlandi — narx / Foto: Hugging face

Sun’iy intellekt sohasida mashhur Hugging Face kompaniyasi kichik hajmli Reachy Mini robotlari uchun buyurtmalarni qabul qilishni boshladi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

Robot ikki modelda taqdim etilgan: Reachy Mini Wireless ($449) – simsiz versiya va Reachy Mini Lite ($299) – tashqi kompyuterga ulanadigan model.

Ikkala robot ham Python tilida dasturlanadi va Hugging Face Hub bilan integratsiyalangan. Ular sun’iy intellekt ishlab chiquvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, AI ilovalarni yaratish va sinovdan o‘tkazishga yordam beradi.

Lite versiyasi kelasi oyda yetkazib beriladi, simsiz modeli esa yil oxirida sotuvga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sun’iy intellekt texnologiyalari global pandemiya ehtimolini besh barobar oshirishi haqida yozgan edik.

Shuningdek