OpenAI sun’iy intellektli brauzerini ishga tushirmoqda

10-iyul 2025 11:05 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
OpenAI sun’iy intellektli brauzerini ishga tushirmoqda / Foto: Indianweb2

OpenAI kompaniyasi yaqin haftalarda sun’iy intellektga asoslangan yangi veb-brauzerini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yangi brauzer Google Chrome’ga raqobatchi sifatida ko‘rilmoqda va internetdan foydalanish uslubini tubdan o‘zgartirishni maqsad qilgan.

Brauzer ChatGPT kabi chat-interfeysga ega bo‘lib, foydalanuvchilarning ko‘plab vazifalarini avtomatik bajaradi. Masalan, formalarni to‘ldirish yoki saytlarda harakat qilish. Bu orqali OpenAI foydalanuvchi ma’lumotlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ega bo‘lib, Google’ning reklama sohasidagi ustunligiga bosim o‘tkazishi mumkin.

Yangi brauzer Chromium asosida ishlab chiqilgan va OpenAI’ning SI-agentlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanuvchi tajribasiga integratsiya qiladi. Kompaniya bu orqali shaxsiy va ish faoliyatini birlashtiruvchi sun’iy intellekt ekotizimini kengaytirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Perplexity sun’iy intellektli Comet brauzerini taqdim etgan edi.

Shuningdek