1381 ot kuchiga ega Zeekr 9X qachon savdoga chiqishi ma’lum bo‘ldi

10-iyul 2025 12:12 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Zeekr
1 381 ot kuchiga ega Zeekr 9X qachon savdoga chiqishi ma’lum bo‘ldi / Foto: CarNewsChina

Geely kompaniyasiga qarashli Zeekr brendi tomonidan taqdim etilgan Zeekr 9X avtomobili avgust oxirida Xitoyda savdoga chiqadi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Mashina 1 381 ot kuchi, 3,1 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqish va 1000 km dan ortiq yurish masofasi bilan ajralib turadi. Bu to‘liq o‘lchamdagi SUV bo‘lib, o‘lchamlari 5239×2029×1819 mmni tashkil etadi. U Zeekr brendining SEA-S platformasidagi birinchi modeli hisoblanadi.

Zeekr
Foto: CarNewsChina

9X’da 70 kVt⋅soat sig‘imli CATL batareyasi bor. Bu PHEV avtomobillari orasida eng yiriklaridan biri. To‘liq elektr yurish masofasi – 380 km. 900V tizimi bilan batareya 20 foizdan 80 foizgacha atigi 9 daqiqada zaryadlanadi.

Gibrid tizimda 2 litrli turbo dvigatel (275 ot kuchi) va 3 ta elektr motor ishlaydi. Ularning umumiy quvvati – 1 030 kVt. Bu 3 ta V12 dvigatelli mashina quvvatiga teng. Maksimal tezligi 240 km/soatni tashkil etadi.

Foto: CarNewsChina

Mashina havo yostiqli osma tizimga ega. U yer balandligini 110 mm gacha o‘zgartira oladi. Maksimal balandlik 288 mmga yetadi. 9X’da aktiv stabilizator va sun’iy intellektli yo‘l sozlash tizimi mavjud. Shassis mustahkamligi – 41 600 Nm/daraja, korpusining 91% qismi yuqori mustahkam po‘lat va alyumindan tayyorlanadi.

Yuqori versiyada G-Pilot H9 haydovchi yordam tizimi bo‘ladi. U 5 ta LiDAR sensori va 2 ta Nvidia chipi bilan jihozlangan. Oddiy versiyada esa G-Pilot H7 tizimi bor.

Foto: CarNewsChina

Salonida 2+2+2 joylashuvga ega 6 ta o‘rindiq bor. Ikkinchi qator – elektr oyoq tayanchi va «nol tortishish» holatiga ega kaptan kreslolardan iborat. Old o‘rindiqlarda karnayli bosh tayanchlar, markazda katta sensorli ekran va fizik tugmalar bor. Eshiklarda o‘rindiq sozlash tugmalari joylashgan. Eski tutqichlar o‘rniga tugmalar ishlatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Zeekr kompaniyasi Zeekr 001 FR elektromobilining yangi versiyasini tayyorlayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek