
Redmi 15C smartfonining suratlari bir necha kun oldin internetda paydo bo‘lgandi. Uning texnik ma’lumotlari va narxi ham ma’lum bo‘ldi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.
Smartfon Yevropada 4 GB operativ xotira va 128 GB doimiy xotirali versiyasi uchun 129 yevro turadi. 256 GB xotirali modelni esa 149 yevroga xarid qilish mumkin. RAM har ikkala variantda ham 4 GB bo‘ladi.
Redmi 15C 6,9 dyuymli IPS LCD ekranga ega. Ekran yangilanish tezligi – 120 Hz . Qurilmaga MediaTek Helio G81 protsessori o‘rnatilgan.
Asosiy kamera 50 MP, old kamera esa 13 MP. Batareya sig‘imi 6000 mA·soat bo‘lib, 33 vattli tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, batareya 1000 marta zaryadlangandan keyin ham sig‘imining 80 foizini saqlab qoladi.
Smartfon o‘lchami 173 × 81 × 8,2 mm, og‘irligi esa 205 grammni tashkil etadi. U MediaTek Helio G81 protsessori asosida ishlaydi.
Texnik xususiyatlari
Ko‘rsatkich | Xususiyati |
---|---|
Yangi energiya samaradorlik sinfi | A sinf (yuqori samaradorlik) |
Bitta sikl uchun batareya ishlash vaqti | 77 soat |
Batareya xizmat muddati (sikllarda) | 1000 sikl |
Ishonchlilik darajasi | Erkin tushishda ishonchlilik – A sinf |
Ta’mirlashga yaroqlilik darajasi | C sinf (o‘rtacha) |
Himoya darajasi (IP) | IP64 |
Xotira | |
Doimiy xotira (Storage) | 128 GB |
Tezkor xotira (RAM) | 4 GB |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Redmi 15C qanday xususiyatlar bilan taqdim etilishi haqida yozgan edi.