Ishlatilgan telefonni sotishdan oldin nimalar qilish kerak

18-iyul 2025 17:18 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Ishlatilgan telefonni sotishdan oldin nimalar qilish kerak / Foto: Ineedamobile.com

Texnologiyalar juda tez yangilanmoqda. Har yili yangi telefon modellari chiqadi. Eski telefonimizni sotib, yangi modelga o‘tish esa juda odatiy holga aylangan. Ammo bu jarayon oddiy ko‘ringani bilan bir nechta juda muhim xavfsizlik choralarini talab qiladi. Ushbu maqolada sizga ishlatilgan telefonni sotishdan oldin bajarilishi shart bo‘lgan qoidalar haqida bosqichma-bosqich tushuntirib beramiz.

Ushbu maqolada quyidagi usullari bilan tanishasiz:

Foto: Sun’iy intellekt

Muhim fayllarni zaxiralash

Telefoningizda saqlangan shaxsiy rasmlar, kontaktlar, ilovalar ma’lumotlari va muhim xotiralar yo‘qolib ketmasligi uchun ularni zaxiralab qo‘yish juda muhim.

Foto: Cnet

Android foydalanuvchilari uchun:

  1. Sozlamalar menyusiga kiring (Settings / Настройки);
  2. «Google» bo‘limini tanlang (Google);
  3. «Backup» bo‘limiga o‘ting (Backup / Резервное копирование);
  4. Google hisobingizga ulanganligiga ishonch hosil qiling;
  5. «Zaxiralash» tugmasini bosing (Back up now / Зарезервировать);
  6. Ma’lumotlar avtomatik ravishda Google Drive’ga zaxiralanadi.
Foto: Wired

iPhone foydalanuvchilari uchun:

  1. Sozlamalar menyusiga kiring (Settings / Настройки);
  2. Yuqoridagi Apple ID profilingizni tanlang;
  3. «iCloud» bo‘limiga o‘ting (iCloud);
  4. «iCloud Backup» funksiyasini yoqing (iCloud Backup / Резервное копирование);
  5. «Zaxiralash» tugmasini bosing (Back Up Now / Создать резервную копию сейчас);
  6. Ma’lumotlar iCloud’ga zaxiralanadi.
Foto: Norton

Telefondagi hisoblardan chiqib ketish

Ko‘pchilik telefonni shunchaki «fabrika sozlamalariga» qaytarib, uni sotib yuboradi. Ammo bu juda katta xato. Telefonni sotishdan oldin Google yoki Apple ID (iOS) hisobingizdan chiqib ketishingiz shart.

Foto: Guidebooks

Google hisobidan chiqish:

  1. Sozlamalarga kiring (Settings / Настройки);
  2. Hisoblar bo‘limini oching (Accounts / Аккаунты);
  3. Google hisobini tanlang (Google / Google);
  4. Hisob nomini bosing (masalan, ...@gmail.com);
  5. Hisobni o‘chirish tugmasini bosing (Remove account / Удалить аккаунт).
Foto: iMore

Apple ID hisobidan chiqish:

  1. Sozlamalarga kiring (Settings / Настройки);
  2. Ismingiz yozilgan profilingizni bosing (Your Name / Ваше имя);
  3. Sahifaning pastiga tushing;
  4. Chiqish tugmasini bosing (Sign Out / Выйти);
  5. Apple ID parolingizni kiriting (Password / Пароль);
  6. O‘chirish tugmasini bosing (Turn Off / Отключить).

«Find My Device» yoki «Find My iPhone» funksiyalarini ham o‘chiring. Aks holda, telefoningiz keyingi foydalanuvchi uchun qulflangan holatda qoladi va u foydalana olmaydi.

Foto: Simplymac

Qurilmani zavod sozlamalariga qaytarish

Android telefonlarda qurilmani zavod holatiga qaytarish uchun:

  1. Sozlamalar menyusiga kiring (Settings / Настройки);
  2. Tizim bo‘limini tanlang (System / Система);
  3. Qayta tiklash bo‘limiga o‘ting (Reset / Сброс);
  4. Zavod sozlamalarini tiklashni tanlang (Factory data reset / Сброс настроек);
  5. Amaliyotni tasdiqlang — qurilma zavod holatiga qaytadi.
Foto: Macworld

iPhone qurilmalarda qurilmani zavod holatiga qaytarish uchun:

  1. Sozlamalar menyusiga kiring (Settings / Настройки);
  2. Umumiy bo‘limini tanlang (General / Основные);
  3. iPhone’ni o‘chirish va qayta sozlash bo‘limiga o‘ting (Transfer or Reset iPhone / Сброс или передача iPhone);
  4. Barcha sozlamalarni o‘chirish tugmasini tanlang (Erase All Content and Settings / Удалить контент и настройки).
Foto: ICTNEWS

IMEI raqamini saqlab qo‘yish

IMEI har bir telefon qurilmasiga biriktirilgan noyob identifikatsiya raqami hisoblanadi. U telefon yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan hollarda uni bloklash yoki topishda yordam beradi. Telefon sotilgach, ushbu raqamni bir necha kun davomida saqlab qo‘yish tavsiya etiladi. Chunki ehtimoliy muammolar yuzaga kelishi hech gap emas. IMEI raqamini oddiygina *#06# raqamini terish orqali bilish mumkin.

WhatsApp chatlarini zaxiralash

WhatsApp uchun ilova ichidagi «Chat backup» funksiyasidan foydalanib, chat tarixlarini alohida zaxiralab qo‘yishni unutmang. Aks holda, hisob qayta ochilgan taqdirda ham chat tarixi qisman yoki butunlay yo‘qolib ketishi mumkin. Chatni zaxiralash uchun:

  1. WhatsApp ilovasini oching;
  2. Sozlamalarga o‘ting (Settings / Настройки);
  3. Chatlar bo‘limini tanlang (Chats / Чаты);
  4. Chatni zaxiralashga kiring (Chat backup / Резервная копия чатов);
  5. Zaxiralash tugmasini bosing (Back Up / Резервное копирование);
  6. Agar kerak bo‘lsa, avtomatik zaxiralashni yoqing (Google Drive yoki iCloud orqali).

Yangi telefonda zaxiralangan chatni ochish uchun ilovani o‘rnatib, o‘sha telefon raqam orqali kirish kifoya. Zaxira nusxasi aniqlansa, sizga chatlarni tiklash avtomat tarzda taklif qilinadi. Eski yozishmalar, rasm, hujjat va kontaktlaringiz saqlanadi.

Qo‘shimcha tavsiyalar

Telefon sotishda halol va to‘liq ma’lumot bering. Ekranda tirnalish yoki dog‘ bormi, batareya holati qanday, suvga tushganmi, xotira hajmi, xullas hech nimani yashirmang. Halollik sizga ishonch olib keladi. Bu esa telefonga tezroq xaridor topishga yordam beradi. Narxni belgilashda esa bozorga mos bo‘lish muhim. E’lon saytlardagi shunga o‘xshash modellarning narxini solishtiring. Telefonning holatiga qarab 10–30% atrofida chegirma qo‘shing.

Foto: Sun’iy intellekt

G‘iloflar, zaryadlovchi va quloqchinlar qo‘shib berilishi ham narxga ijobiy ta’sir qiladi. Telefonni notanish kishiga sotsangiz, iloji bo‘lsa, oddiy yozma kelishuv tuzing. Telegram yozishmalari ham dalil bo‘la oladi. To‘lovni olgachgina telefonni topshiring. Ilova orqali pul o‘tkazmasidan skrinshot oling. Yakunda esa telefonni toza va chiroyli taqdim qiling. Xaridor telefonni shunchaki eski qurilma emas, ishlatishga arzigulik foydali buyum sifatida qabul qilsin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq telefon sekin ishlasa, qanday choralar qo‘llash kerakligi haqida batafsil yozgan edik.

Shuningdek