GAC GS4 AWD avtomobili qanday motor bilan chiqishi ma’lum bo‘ldi

17-iyul 2025 09:54 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
GAC GS4 AWD qanday motor bilan chiqishi ma’lum bo‘ldi / Foto: «Kitayskiye avtomobili»

GAC GS4 krossoverining yangi to‘liq g‘ildirakli (AWD) versiyasi Rossiyada 2 litrli turbomotor va klassik avtomat uzatmalar qutisi bilan taqdim etiladi. Sotuvlar esa sentabrda boshlanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Kitayskiye avtomobili» nashri xabar berdi.

Yangi GS4 AWD modeliga GAC GS8 flagmanida qo‘llanilgan agregatlar o‘rnatiladi. Unga 2 litrli turbomotor (GDI) o‘rnatiladi. Quvvati – 231 ot kuchi. U bilan 8 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi ishlaydi.

Foto: «Kitayskiye avtomobili»

Yangi dvigatel – 231 ot kuchiga ega 4B20J1 modeli bo‘lishi mumkin. Bu motor avval GAC GS8 flagmanida ishlatilgan. AWD versiyasining savdolari 2025-yil yozida boshlanishi kutilmoqda, dastlabki avtomobillar iyul oyida dilerlarga yetkaziladi.

GAC GS4 hozirda Rossiya bozorida old g‘ildirakli variantda sotilmoqda. U 1,5 litrli 170 ot kuchiga ega motor, 7 pog‘onali robotlashtirilgan uzatma va GB komplektatsiyasi bilan taklif etilmoqda.

Foto: «Kitayskiye avtomobili»

AWD versiyada esa uchta komplektatsiya bo‘ladi: Standart, Elit va Deluxe. Ularning aniq farqlari hali e’lon qilinmagan.

Taxminlarga ko‘ra, eng to‘liq versiyada 14,6 dyuymli sensorli ekran, 360 daraja ko‘rish kamerasi, avtomatik yoritish tizimi va 19 dyuymli g‘ildiraklar bo‘ladi.

Foto: «Kitayskiye avtomobili»

Ma’lumot o‘rnida, GAC – bu Xitoyning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri. Uning to‘liq nomi Guangzhou Automobile Group Co., Ltd. bo‘lib, kompaniya 1997-yilda tashkil etilgan va bosh ofisi Guanchjou shahrida joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston uchun foydalanish xarajati past avtomobillar haqida maqola e’lon qilgan edi.

Shuningdek