Usik Dyuba ustidan nokaut bilan g‘alaba qozonib, uch karra jahon chempioniga aylandi

20-iyul 2025 12:45 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Usik Dyuba ustidan nokaut bilan g‘alaba qozonib, uch karra jahon chempioniga aylandi / Foto: Idman.biz

19-iyul kuni Londondagi «Uembli» stadionida ukrainalik bokschi Aleksandr Usik britaniyalik raqibi Daniel Dyubani beshinchi raundda nokautga uchratib, professional boksda uchinchi bor mutlaq jahon chempioni bo‘ldi. Bu haqda BBC News ma’lum qildi.

Jang davomida Usik Dyubani ikki marta yerga yiqitdi. Ikkinchi yiqilishdan so‘ng Dyuba tiklana olmadi va hakam jangni to‘xtatdi.

Foto: BBC

Ushbu g‘alaba bilan Usik yana WBA, WBO, WBC va IBF chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritdi. Bu natija uni zamonaviy boks tarixidagi eng muvaffaqiyatli bokschilardan biriga aylantirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ahmadaliyev va Inoue o‘rtasidagi super jang qachon bo‘lishi haqida yozgan edik.

Shuningdek