
Oppo kompaniyasi o‘zining yangi flagmani — Oppo Find X9 Pro modeli ustida ishlayapti. Yangi smartfon MediaTek Dimensity 9500 chipida ishlaydi. Ushbu chip sentabr oyida taqdim etilishi kutilmoqda.
Oppo Find X9 Pro 200 megapikselli Hasselblad kameraga ega bo‘ladi. U periskopli modulda joylashadi va optik zum funksiyasini bajaradi.
Smartfonda IP69 darajasidagi chang va suvdan himoya bo‘ladi. Ekran ostida ultratovushli barmoq izini aniqlovchi skaner o‘rnatiladi.
Batareya sig‘imi 7500 mA·soatga yetadi. Shuningdek, 50 vatt quvvatdagi simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Model qachon taqdim etilishi hozircha noma’lum. Biroq sentabr va oktabr oylarida Dimensity 9500 va Snapdragon 8 Gen 3 chipli flagmanlar orasida katta raqobat bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri OPPO Reno14 va yaponcha anime «Haikyuu!!» hamkorligi e’lon qilingani haqida yozgan edi.