
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Palermo» bilan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng markaziy himoyachi Abduqodir Husаnov haqida fikr bildirdi.
21 yoshli futbolchi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, 45 daqiqa o‘ynadi va jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
«Tarkibga yangi qo‘shilgan uch futbolchi – Sherki, Ayt-Nuri va Reynders juda yaxshi. Xuddi shunday yanvar oyida Husаnov ham kelgandi va bugun u yana o‘z potensialini namoyish etdi. U men ko‘rgan futbolchilar ichida eng tezkorlaridan biri», dedi Gvardiola City Report’ga bergan intervyusida.
«Manchester Siti» 16-avgust kuni APL 2025/26 mavsumining birinchi turida «Vulverhempton» bilan o‘ynaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da haftasiga qancha maosh olishi haqida yozgan edi.