Xonobodda «Dunyo sadolari» festivali tufayli yuk mashinalari harakati cheklanadi

14-avgust 2025 18:06 eʼlon qilindi

Pavel Goryachkin

Pavel Goryachkin

Muxbir
Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
Xonobodda «Dunyo sadolari» festivali tufayli yuk mashinalari harakati cheklanadi. Foto: Israel Palacio / Unsplash

Andijon viloyatining Xonobod shahrida 15–17-avgust kunlari o‘tkaziladigan xalqaro «Dunyo sadolari» musiqa festivali munosabati bilan yuk mashinalari harakati cheklanadi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu kunlarda soat 15:00 dan 24:00 gacha D-138 yo‘li 3,5 tonnadan ortiq (N2 toifa) va 12 tonnadan ortiq (N3 toifa) yuk mashinalari uchun yopiladi. Haydovchilarga yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etilmoqda.

Festivalda turkiyalik qo‘shiqchi Mustafa Sandal, In-Grid guruhi va hindistonlik xonanda Alisha Chinoy kabi mashhur xorijiy ijrochilar chiqish qiladi. Tadbir uchun qariyb olti milliard so‘m sarflanishi rejalashtirilgan. O‘tgan yilda ham ayni ushbu tadbir uchun olti millard so‘m sarflangandi.

Bungacha Kursiv Uzbekistan Jennifer Lopez konserti O‘zbekistonga 42,5 mlrd so‘m foyda keltirgani haqida yozgandi.

Bu konsert Osiyodagi eng yirik tadbir bo‘lishi bilan birga, O‘zbekiston tarixida AAA toifasidagi san’atkor ishtirokidagi ilk dastur sifatida tarixga kirdi.

Shuningdek