Leapmotor aksiyalari yil boshidan buyon ikki baravarga oshdi

18-avgust 2025 14:39 eʼlon qilindi

Pavel Goryachkin

Pavel Goryachkin

Muxbir
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Leapmotor
Leapmotor aksiyalari yil boshidan ikki baravar oshdi / Foto: Leapmotor

Yanvar oyidan buyon Xitoyning gibrid va elektromobillar ishlab chiqaruvchi Leapmotor kompaniyasining aksiyalari ikki baravar ko‘tarilib, 65 Gonkong dollariga (taxminan $8,3) yetdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Kompaniya raqobatchilarini yuqori vertikal integratsiya va moslashuvchan narx siyosati tufayli ortda qoldira oldi. O‘rtacha oylik savdolar 50 ming dona avtomobildan oshdi. Yil yakunida Leapmotor 500 mingdan ortiq avtomobil sotishi mumkin (o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 290 ming edi).

Tahlilchilar kompaniya aksiyalari keyingi 12 oy ichida 75 Gonkong dollariga (taxminan $9,6) yetishini kutmoqda. 2025-yilda Leapmotor tarixida ilk bor 558 mln yuan (taxminan $71 mln) sof foyda qayd etishi mumkin.

Investorlar, shuningdek, kompaniyaning Yevropadagi Stellantis bilan hamkorligiga katta qiziqish bildirmoqda. 2023-yil oxirida tomonlar qo‘shma korxona tuzish haqida kelishuvga erishgan edi.

Shunga qaramay, Leapmotor hali BYD ko‘rsatkichlaridan ancha ortda. BYD bir oyda deyarli 350 ming avtomobil sotadi. Mutaxassislar fikricha, yuqori vertikal integratsiyaga qaramay, Leapmotor yaqin yillarda yiliga 1 mln avtomobil sotish darajasiga chiqishi qiyin bo‘ladi.

Avvalroq Dongfeng M-hero M817 avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek