L7 avtomobiliga raqobatchi GAC Haobo HL Extended-Range taqdim etildi

20-avgust 2025 10:34 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
GAC
L7 avtomobiliga raqobatchi GAC Haobo HL Extended-Range taqdim etildi / Foto: Autohome

Xitoyda GAC kompaniyasi yangi yirik krossover — Haobo HL Extended-Range modelini namoyish etdi. Bu haqda Autohome xabar bermoqda.

Modelning asosiy xususiyati 60 kVt·soatlik katta batareyaga ega bo‘lib, u faqat elektrda 350 km masofani bosib o‘tadi. Umumiy yurish zaxirasi CLTC usuliga ko‘ra 1369 kmga yetadi.

Foto: Autohome

Avtomobil to‘rt xil komplektatsiyada taklif qilinadi: ikki 5 o‘rinli va ikki 6 o‘rinli variant. Narxi 269,8 ming yuandan boshlanib ($37,5 ming), 299,8 ming yuangacha ($41,7 ming) boradi. Bu hajmdagi va 5126 x 1990 x 1750 mm o‘lchamdagi mashina uchun nisbatan arzon hisoblanadi.

Haobo HL 800 voltli platformaga qurilgan bo‘lib, 10 daqiqalik tezkor quvvatlash orqali 210 km yo‘lga yetadigan zaryad olish mumkin. Gibrid tizimning umumiy quvvati 340 ot kuchini tashkil etadi.

Foto: Autohome

Bazaviy versiyaning o‘zida «nol gravitatsiya» effektiga ega massajli o‘rindiqlar, ikkita 17,3 dyuymli ekran, Snapdragon 8295P protsessorli media tizim, 24 dinamikli audio tizim, lidar asosidagi avtonom boshqaruv va ikki kamerali pnevmatik osma mavjud.

GAC Haobo HL Extended-Range Xitoyda Li Auto L7 va boshqa premium gibrid krossoverlarga asosiy raqib sifatida ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Li Auto i8 elektromobili haqida maqola e’lon qilgan edi. Bu model o‘zini rasmiy ravishda katta o‘lchamli uch qatorli SUV sifatida ko‘rsatadi, biroq uning dizayni va funksiyalari ko‘proq MPV (miniven) konsepsiyasiga yaqinlashadi.

Shuningdek