Xiaomi Redmi 15R 5G smartfoni haqida batafsil ma’lumotlarni e’lon qildi

10-sentabr 2025 14:06 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Redmi 15R 5G
Redmi 15R 5G smartfoni haqida batafsil ma’lumotlar e’londi / Foto: Gizmochina

Yaqdim etiladigan Redmi 15R 5G smartfoni haqida batafsil ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qilmoqda.

Smartfon 6,9 dyuymli IPS LCD HD+ displey bilan ta’minlanadi. O‘lchamlari 171,66 × 79,47 × 7,99 mm, og‘irligi esa 205 gramm bo‘lib, katta va mustahkam korpusga ega. Qurilma MediaTek Dimensity 6300 (MT6835T) chipida ishlaydi va 12 GB RAM hamda 256 GB ichki xotiragacha bo‘lgan konfiguratsiyalarda taqdim etiladi.

Batareya sig‘imi 6000 mA/soat bo‘lib, u 33 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon Android 15 tizimida, HyperOS 2.0 qobig‘i asosida ishlaydi.

Kameralar qismida orqa panelda 13 MP kamera va LED chiroq, old tomonda esa 5 MP selfi kamerasi joylashgan. Qo‘shimcha imkoniyatlari qatorida yon tomonga joylashtirilgan barmoq izi skaneri, microSD sloti va 3,5 mm audio ulagichi mavjud.

Konfiguratsiyalar:

KonfiguratsiyaXotira hajmi
4 GB + 128 GBOperativ + doimiy
6 GB + 128 GBOperativ + doimiy
8 GB + 128 GBOperativ + doimiy
8 GB + 256 GBOperativ + doimiy
12 GB + 256 GBOperativ + doimiy

Smartfon bir nechta ranglarda sotuvga chiqadi. Rasmiy sotuvlar 11-sentabrdan boshlanishi kutilmoqda.

Redmi 15C 5G haqida

Global bozor uchun Redmi hali yangi Redmi 15C 5G modelini e’lon qilmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Xitoy bozoridagi Redmi 15R 5Gning qayta nomlangan versiyasi sifatida chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi 15T Pro global taqdimoti sentabrda bo‘lib o‘tishi haqida yozgan edi.

Shuningdek