Eng tez smartfon protsessori taqdim etildi

25-sentabr 2025 10:34 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Eng tezkor smartfon protsessori taqdim etildi / Foto: Qualcomm

Qualcomm kompaniyasi tomonidan Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori taqdim etildi. Bu haqda WCCF xabar bermoqda.

Kompaniya uni smartfonlar uchun eng tezkor protsessor deb atadi. Chip TSMC’ning N3P texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan. Ikki superyadro Prime 4,6 Hz tezlikda, olti samarali yadro esa 3,62 Hz tezlikda ishlaydi. Bu avvalgi avlodga nisbatan CPU unumdorligini 20% oshiradi, energiya samaradorligini 35% yaxshilaydi va iste’molni 16% kamaytiradi.

Grafik protsessor Adreno 840 18 MB kesh xotiraga ega bo‘lib, 1,2 Hz chastotada ishlaydi. U Adreno 830’ga nisbatan 23% tezroq va 20% tejamkor. GPU to‘liq Unreal Engine 5 imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Qualcomm

Hexagon NPU neyroprotsessori tezligi 37% ga oshgan. Endi u murakkab sun’iy intellekt modellarini bevosita smartfonda ishga tushira oladi.

Shuningdek, yangi chip Advanced Professional Video (APV) formatini qo‘llab, Apple ProRes bilan raqobatlasha oladi. Protsessor professional audio yozuv uchun Snapdragon Audio Sense texnologiyasiga ega.

Yangi platforma X85 modemi bilan jihozlangan bo‘lib, yuklab olish tezligi 12,5 Gbit/sgacha yetadi. FastConnect 7900 esa Wi-Fi 7, Bluetooth 6.0 va UWB texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Snapdragon 8 Elite Gen 5 birinchi bo‘lib Xiaomi 17, Xiaomi 17 Pro, Xiaomi 17 Pro Max va Samsung Galaxy S26 flagmanlarida ishlatiladi. U MediaTek Dimensity 9500 bilan raqobatga kirishadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Redmi Pad 2 Pro smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek