Nissan yangilangan Sentra modelini namoyish etdi

25-sentabr 2025 11:39 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Nissan yangi Sentra modelini namoyish etdi. Foto: Nissan

Nissan 2026-yil uchun to‘liq yangilangan Sentra avtomobilini namoyish qildi. Yangi modelda zamonaviy dizayn, kengaytirilgan texnologiyalar va yuqori darajadagi SL komplektatsiyasi qaytadi.

Avtomobilning 2,0 litrli 149 ot kuchiga ega dvigateli o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa-da, uzluksiz variator uzatmalari qutisi (CVT) yanada jim va silliq ishlashi uchun sozlangan. Kuzov mustahkamroq bo‘lib, amortizatorlar va rul boshqaruvi yangilangan, shuningdek, shovqinni kamaytirish choralari ko‘rilgan. Sportga yo‘naltirilgan SR modeli yaxshilangan boshqaruv bilan taqdim etiladi.

Foto: Nissan

Tashqi ko‘rinish yanada aerodinamik, silliq chiziqlar va fastbek uslubidagi orqa tomoni bilan Nissan’ning yangi Leaf va Murano modellari darajasiga olib chiqilgan. O‘lchamlari avvalgidek qolgan bo‘lsa-da, yukxona hajmi biroz kengaygan.

Salon texnologiyalari ham yangilangan: standart 12,3 dyuymli markaziy sensorli ekran, ixtiyoriy 12,3 dyuymli raqamli panel, shuningdek, simsiz Apple CarPlay va Android Auto deyarli barcha komplektatsiyalarda mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, aksariyat modellarga ProPilot haydovchiga yordam beruvchi tizim ham taklif etiladi.

Foto: Nissan

Yangi 2026 Nissan Sentra 2025-yil oxirida savdoga chiqariladi. Narxlar hali e’lon qilinmagan, ammo boshlang‘ich narxi taxminan $25 mingdan boshlanishi kutilmoqda.

Bundan oldin Nissan Altima modeli 2025-yilda xarid qilmaslik kerak bo‘lgan to‘rtta avtomobil qatoriga kirgani haqida xabar berilgandi. AQShdagi German Car Depot servisining egasi, mexanik Alan Gelfandning so‘zlariga ko‘ra, avtomobilda CVT tez-tez ishdan chiqadi va 100 ming km atrofida butunlay almashtirishga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston bozorida bu sedanlar 145 – 240 mln so‘m oralig‘ida sotilmoqda.

Shuningdek