«Inter Mayami» safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi, Messidan dubl

25-sentabr 2025 13:43 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Getty Images

MLSning navbatdagi turida «Inter Mayami» safarda «Nyu York Siti» mehmoni bo‘ldi va yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Floridaliklar safida Baltazar Rodriges hisobni ochdi, Luis Suares esa penaltidan unumli foydalanib, farqni ikkitaga yetkazdi.

Lionel Messi esa o‘z nomiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi, shuningdek, bitta golga assistentlik ham qildi.

Shu tariqa «Inter Mayami» ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolari hisobini 55 taga yetkazib, Sharqiy konferensiya turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Nyu York Siti» esa 53 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

AQSh. Major League Soccer. MLS

«Nyu York Siti» — «Inter Mayami» 0:4

Gollar: Rodriges (43), Messi (74, 86), Suares (pen. 83).

Nyu York Siti: Frays, Gray, Martins (Shore, 73), Haak, O’Toole, Perea, O’Neill, Oyeda (Fernandes, 73), Morales, Volf (Martines, 61), Fernandes.

Inter Mayami: Ustari, Alba (Aviles, 85), Frey (Veygandt, 74), Falkon, Allen, de Paul, Buskets, Silvetti (Allende, 66), Rodriges (Brayt, 66), Messi, Suares.

Eslatib o‘tamiz, Messi bundan avvalgi turda ham ikkita gol va bitta assist qayd etgandi. O‘shanda «Inter Mayami» o‘z maydonida «Di Si Yunayted»ni 3:2 hisobida mag‘lub etgandi.

Shuningdek