
PhoneBuff You Tube kanali tomonidan iPhone 17 Pro Max va Samsung Galaxy S25 Ultra smartfonlari tezlik hamda samaradorlik testida solishtirildi.
Test davomida ilovalarni ochish tezligi va turli vazifalarni bajarish samaradorligi o‘lchandi. Dastlab iPhone 17 Pro Max raqibidan biroz oldinda ketgan, biroq foto va ayniqsa video ishlov berish jarayonida vaziyat o‘zgardi. Aynan shu bosqichlarda Galaxy S25 Ultra sezilarli ustunlik ko‘rsatdi.
Yakunda Samsung smartfoni iPhone 17 Pro Max’dan 7 foiz tezroq bo‘lib chiqdi. Bu katta tafovut emas, ammo ko‘zga tashlanadigan natija. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Apple’ning yangi A19 Pro protsessori video ishlov berishda Snapdragon X Elite darajasida samaradorlik ko‘rsata olmadi.
Shunga qaramay, oddiy foydalanuvchilar uchun kundalik foydalanishda katta farq bo‘lmaydi. Biroq bozorda yetakchilikning o‘zgarishi texnologiya ixlosmandlari uchun qiziqarli ko‘rinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi 17 Pro sentabr oyining eng kuchli smartfoni deb topilgani haqida yozgan edi.