Oppo Find X9 Ultra qanday xususiyatlarga ega bo‘ladi

8-oktabr 2025 09:55 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Oppo Find X9 Ultra qanday smartfonlarga ega bo‘ladi / Foto: Ochiq manbalar

Oppo kompaniyasining 2025-yilgi eng ilg‘or flagmani bo‘lishi kutilayotgan Oppo Find X9 Ultra haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, yangi model kamera imkoniyatlari bilan bozorda eng kuchli smartfonlardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Find X9 Ultra Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessoriga ega yagona model bo‘ladi. Shu bilan birga, u ikki periskopli telefoto kamera tizimi bilan jihozlanadi. Bu imkoniyatlar hozircha boshqa hech bir flagmanda mavjud emas.

Find X8 Ultra ham shunga o‘xshash tizimga ega edi. Biroq 2025-yilda chiqariladigan yangi Ultra versiyasi bundan ham farqli va mukammalroq bo‘ladi.

Manbaga ko‘ra, Find X9 Ultra’ning asosiy kamerasi 200 megapikselli Sony IMX09E (LYT990) sensorga ega bo‘ladi. Bu xususiyat Oppo’ni Xiaomi 16 Ultra, Honor Magic 7 Ultra va Vivo X300 Ultra kabi flagmanlar qatoriga qo‘yadi.

Hozircha Find X9 seriyasining qolgan modellari haqida batafsil ma’lumot berilmagan, ammo Oppo bu safar Ultra versiyani ancha farqli va eksklyuziv funksiyalar bilan ajratmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Oppo Find X9 va Find X9 Pro modellari yaqinda taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek