
Forbes jurnali ma’lumotiga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu 2025/26 yilgi mavsumda 280 million dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p haq oladigan futbolchisi bo‘ldi. 40 yoshli yulduz shu tariqa so‘nggi o‘n yilda oltinchi bor reytingning eng yuqori pog‘onasiga chiqdi.
«Al-Nasr» hujumchisi faoliyatini yakunlaydi degan mish-mishlarni rad etdi va klub bilan shartnomasini yana ikki yilga uzaytirdi. Uning Saudiya Arabistonidagi maoshi – $230 mln, reklama va shaxsiy brendlardan topgani – yana $50 mln.

Ikkinchi o‘rinda «Inter Mayami» sardori Lionel Messi – $130 mln bilan. Unga ortidan «Al-Ittihod» forvardi Karim Benzema ($104 mln), «Real Madrid» yulduzi Kilian Mbappe ($95 mln) va «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand ($80 mln) ergashmoqda.

Umumiy hisobda eng boy 10 futbolchi bir mavsumda $945 mln ishlab topadi. Eng past daromad – $43 mln, bu ko‘rsatkich ro‘yxatga ilk bor kirgan 18 yoshli «Barselona» futbolchisi Lamina Yamalga tegishli. U Forbes ro‘yxatidan joy olgan tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ronaldu tarixdagi ilk milliarder futbolchiga aylangani haqida xabar bergan edi.