Redmi K90 Pro Max taqdim etiladi

18-oktabr 2025 10:55 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Redmi K90 Pro Max
Redmi K90 Pro Max taqdim etiladi / Foto: Redmi

Redmi kompaniyasi yangi Redmi K90 seriyasini 27-oktabr kuni Xitoyda taqdim etishini rasman tasdiqladi. Taqdimotda asosiy e’tibor flagman model Redmi K90 Pro Max’ga qaratiladi.

Rasmiy suratlarda smartfonning oq rangli varianti ko‘rsatildi. Qurilma juda ingichka ramkaga ega bo‘lib, orqa panelida katta to‘rtburchak kamera bloki joylashgan. Uning yon tomonida Sound by Bose yozuvi tushirilgan. Bu Redmi uchun yangi hamkorlik hisoblanadi.

Foto: Redmi

Texnik jihatdan smartfon Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipida ishlaydi, standart K90 esa Snapdragon 8 Elite protsessorini oladi. Har ikki model Android 16 va HyperOS 3 tizimida ishlaydi.

Foto: Redmi

Smartfon 6,59 dyuymli 2K OLED displey, 7500 mA/soat sig‘imli batareya, 100 Vt simli va 50 Vt simsiz tez quvvatlanish tizimi bilan jihozlanadi. Pro Max versiyasi, shuningdek, periskop teleobyektiv kameraga ega bo‘ladi.

Xalqaro bozorda ushbu modellar Poco brendi ostida taqdim etilishi kutilmoqda: Redmi K90 — Poco F8 Pro, Max esa Poco F8 Ultra nomlari bilan chiqadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 560 dollarlik Redmi K90 Pro Max oktabr oxirigaсha taqdim etilishi haqida xabar bergan edi.

Xiaomi Group prezidenti Redmi K90 Pro Max smartfoni haqida yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Xiaomi’ning joriy avlodidagi ikkinchi Pro Max modeli bo‘lib, Xiaomi 17 Pro Max dan keyingi navbatdagi premium qurilma hisoblanadi.

Ushbu yangi modelning taqdimoti oktabr oyi oxirigacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Redmi mahsulot menejeri Sun Tsunning so‘zlariga ko‘ra, smartfon $560 (4000 yuan) narxda taqdim etiladi. Mashhur insayder Digital Chat Station ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlagan.

Shuningdek