Abduqodir Husanov Osiyodagi eng qimmat futbolchiga aylandi

27-oktabr 2025 16:18 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Transfermarkt platformasi Osiyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini yangiladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov birinchi o‘rindan joy oldi. «Brayton»ning yaponiyalik vingeri Kaoru Mitoma esa ikkinchi o‘rinni band etgan.

Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, Kaoru Mitomaning transfer qiymati $40 mlndan $35 mlnga tushgan. «Bavariya»ning janubiy koreyalik himoyachisi Kim Min Je esa $40 mlndan $32 mlnga arzonlagan. O‘zbekiston terma jamoasi va «Man Siti» himoyachisi Abduqodir Husanovning bozor qiymati esa $35 mlnni tashkil etadi.

Ro‘yxatdan, shuningdek, «Real Sosedad»ning hujumchisi Takefusa Kubo ham o‘rin olgan, yaponiyalik futbolchining qiymati 30 mlnni tashkil etadi. Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi Li Kang In $25 mln bilan ro‘yxatning oltinchi o‘rnida joylashgan.

Osiyoning eng qimmat futbolchilari ma’lum bo‘ldi
Foto: Trasfermarkt

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abduqodir Husanov jarohatdan so‘ng «Manchester Siti» mashg‘ulotlariga qaytgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek