OnePlus Turbo smartfoni qanday xususiyatlarga ega

27-oktabr 2025 17:16 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: One Plus

OnePlus kompaniyasi OnePlus Turbo modelini taqdim etadi. Qurilma hozirda Hindistonda sinovdan o‘tkazilmoqda va u kompaniyaning eng kuchli seriyalaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Smartprix ma’lumotiga ko‘ra, OnePlus Turbo Snapdragon 8 Gen 5 chipida ishlaydi. Bu protsessor Qualcomm’ning yangi 8 Elite Gen 5 tizimining soddalashtirilgan, lekin yuqori unumdor versiyasi hisoblanadi. Smartfon 6,7 dyuymli OLED displey bilan jihozlanadi. Ekran 1,5K aniqlik va 165 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu o‘yin va videolarda maksimal silliqlikni ta’minlaydi.

Qurilmaning asosiy afzalliklaridan biri — 8000 mA/soat sig‘imli yirik batareya. U 100 vattli tezkor zaryadlash tizimini qo‘llaydi, bu esa foydalanuvchiga bir necha daqiqada sezilarli quvvat olish imkonini beradi.

Asosiy kamera 50 + 8 MP, old kamera esa 32 MP aniqlikka ega. Shuningdek, OnePlus Turbo‘da NFC, kuchli vibratsiya motor, stereodinamiklar va ultratovushli barmoq izi skaneri mavjud. Qurilma samarali sovitish tizimi bilan jihozlanib, uzoq davom etuvchi yuqori yuklamalarda ham barqaror ishlashga mo‘ljallangan.

Avvalroq Xiaomi ham o‘zining Redmi K flagman seriyasini Turbo liniyasiga almashtirishni rejalashtirgan. Shu bois yangi OnePlus Turbo va Redmi Turbo modellari 2026-yilda bozorda bevosita raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 2025-yil kuzida xarid qilishga arziydigan 5 ta smartfon haqida yozgan edi.

Shuningdek