Yangi Smart #5 EHD avtomobili haqida nimalar ma’lum – narxi va xususiyatlari

29-oktabr 2025 15:14 eʼlon qilindi

(29-oktabr 2025 21:57 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Smart #5 EHD avtomobili / Foto: Smart

28-oktabr kuni Smart kompaniyasi tomonidan Smart #5 EHD avtomobili rasman taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Model brend tarixida birinchi plug-in gibrid avtomobil. U to‘rtta komplektatsiyada taklif etiladi. Narxi 189 900 dan 239 900 yuangacha. (taxminan $26,7 ming – $33,8 ming)

Foto: Smart

Yangi model Geely’ning NordThor Hybrid 2.0 texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan. Uning yurituv tizimi 1,5 litrli turbomotor hamda old g‘ildiraklarga ulangan 200 kVt (268 ot kuchi) quvvatli elektromotordan iborat. Ichki yonuv dvigateli 120 kVt (161 ot kuchi) quvvat va 255 N/m aylanish momenti ishlab chiqaradi. Quvvat uzatish tizimi sifatida 3DHT Evo avtomatik transmissiyasi qo‘llanilgan.

Foto: Smart

Smart #5 EHD ikkita CATL 3C batareya variantida taqdim etiladi. 20 kVt·soat sig‘imli batareya 120 km sof elektr masofa, umumiy hisobda esa 1 483 km yurish imkonini beradi. Tezkor zaryadlash tizimi yordamida batareya 10 foizdan 80 foizgacha atigi 20 daqiqadan kam vaqt ichida to‘ldiriladi.

Tashqi dizayn jihatidan Smart #5 EHD kompaniyaning eng yirik avtomobili hisoblanadi. U 4705 mm uzunlik, 1920 mm kenglik va 1710 mm balandlikka ega. G‘ildirak bazasi 2900 mm, bu esa BEV versiyasidan 5 mm kattaroq.

Foto: Smart

Xavfsizlik tizimlari Smart brendining ilgari qo‘llanilmagan yangi avlod texnologiyalariga asoslangan. Smart Pilot Assist tizimi tomda joylashgan lidar, 12 kamera, 5 millimetr to‘lqinli radar va 12 ultratovushli sensor yordamida ishlaydi. U yuqori aniqlikdagi xaritasiz ham shahar va avtomagistrallarda NOA (Navigate on Autopilot) funksiyalarini bajarishi mumkin.

Salon dizayni premium darajada. Interyerda AMD V2000 chipida ishlovchi tizim o‘rnatilgan. Old panelda 10,3 dyuymli LCD displey, markazda ikkita 13 dyuymli 2.5K ekran hamda 25,6 dyuymli AR-HUD proyektori joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Racco elektromobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek