110 dollarlik yangilangan Tecno Spark Go 5G taqdim etildi

4-noyabr 2025 15:45 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Tecno
Tecno Spark Go 5G / Foto: Tecno

Tecno kompaniyasi Tecno Spark Go 5G smartfonining yangi versiyasini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Qurilma endi yorqin qizil rangda ham sotuvga chiqqan. Smartfon 6,74 dyuymli HD+ LCD ekran bilan jihozlangan bo‘lib, yangilanish tezligi 120 Hz va yorqinligi 670 nitgacha yetadi. Uning yuragi – MediaTek Dimensity 6400 protsessori bo‘lib, 4 GB LPDDR4X tezkor xotira va 128 GB ichki xotira bilan birga ishlaydi. Shuningdek, foydalanuvchi uchun qo‘shimcha 4 GB virtual xotira ham mavjud.

Batareya sig‘imi 6000 mA/soat bo‘lib, 18 Vt tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Orqa panelda 50 MP asosiy kamera, old tomonda esa 5 MP selfi kamerasi o‘rnatilgan.

Smartfon suv va changdan himoya darajasi IP64 sertifikatiga ega hamda sun’iy intellekt asosidagi funksiyalar bilan jihozlangan. Qalinligi atigi 8 mm bo‘lgan Tecno Spark Go 5G‘ning narxi $110 etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Tecno Pova 7 Pro o‘zi qanday smartfonligi haqida yozgan edi.

Shuningdek