Vivo X300 Ultra haqida yangi ma’lumotlar e’lon qilindi

5-noyabr 2025 15:43 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Vivo
Foto: Vivo

Vivo kompaniyasining Vivo X300 Ultra haqida yangi tafsilotlar oshkor qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu model sanoatda ikki dona 200 megapikselli kamera sensori o‘rnatilgan birinchi smartfon bo‘ladi.

Asosiy kamera moduli 35 millimetrli fokus masofasiga ega linza bilan ta’minlanadi. Bu juda noodatiy yechim – aksariyat flagmanlarda asosiy kamera 23-24 mm fokusli keng burchakli linzadan foydalanadi. Bunday yechim ilgari faqat Nubia Z80 Ultra modelida qo‘llangan edi.

Asosiy texnik ma’lumotlar:

  • Displey: 6,8 dyuymli OLED 2K ekran;
  • Ekran turi: butunlay tekis (flat) dizayn;
  • Kamera tizimi: ikki dona 200 MP sensor; (biri asosiy modulda, biri telefoto yoki portret linzasi sifatida)
  • Asosiy linza: 35 mm ekvivalentli optika.

Displey yuqori aniqlikdagi 2K piksellar soniga ega bo‘lib, tasvir sifati va rang aniqligi bo‘yicha bozordagi eng ilg‘or panellardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Chiqarilish sanasi

Manbalarga ko‘ra, Vivo X300 Ultra Xitoyda 2026-yil bahorida, ya’ni yangi yil bayramlaridan keyin taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Vivo Y500 Pro smartfoni haqida yozgan edi.

Shuningdek