Huawei eng yupqa Mate 70 Air flagmanini taqdim etdi

6-noyabr 2025 15:36 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: GSM Arena

Xitoyda Huawei kompaniyasi o‘zining yangi flagman smartfoni Huawei Mate 70 Air modelini namoyish qildi. Bu haqda GSM Arena nashri xabar berdi.

Qurilma o‘zining atigi 6,6 millimetr qalinligi bilan e’tiborni tortmoqda. Shu bilan birga, 7 dyuymli AMOLED displey va 120 Hz yangilanish chastotasi orqali yuqori aniqlikda tasvir beradi. Ekran o‘lchami 2760×1320 piksel, og‘irligi esa atigi 208 gramm. Smartfon IP68/IP69 standartlari asosida suv va changdan to‘liq himoyalangan.

Foto: GSM Arena

Yupqa dizayniga qaramay, Huawei Mate 70 Air 6500 mA·soatli kuchli batareya bilan ta’minlangan bo‘lib, u 66 vattli tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma Kirin 9020A yoki Kirin 9020B chiplariga asoslangan ikki xil versiyada taqdim etildi — mos ravishda 12 va 16 GB operativ xotira bilan.

Foto: GSM Arena

Kameralar tizimi ham yuqori darajada. Asosiy 50 megapikselli kamera optik stabilizatsiya bilan jihozlangan, unga 12 megapikselli teleobyektiv (3 karra optik zum) va 8 megapikselli ultra keng burchakli kamera hamroh bo‘ladi. Old kamera 10,7 megapiksel aniqlikka ega.

Foto: GSM Arena

Smartfon HarmonyOS 5.1 operatsion tizimida ishlaydi va sun’iy intellekt asosida ishlovchi yangi funksiyalar bilan jihozlangan. Huawei Mate 70 Air kumush, oq va qora ranglarda taqdim etilgan.

Yangi flagman uchun oldindan buyurtmalar boshlangan, uning narxi 4199 yuandan (taxminan $590) boshlanib, 5199 yuangacha ($730) yetadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Huawei Mate X7 bukiluvchi smartfoni haqida nimalar ma’lumligini yozgandi.

Shuningdek