
FIFA The Best FIFA Football Awards sovrini uchun nomzodlarga ovoz berish jarayonini boshladi. Ovoz berish FIFA platformasi orqali amalga oshiriladi va 28-noyabrda yakunlanadi.
Ekspertlar komissiyasi erkaklar va ayollar uchun «Eng yaxshi futbolchi», «Eng yaxshi murabbiy» va «Eng yaxshi darvozabon» kabi oltita asosiy nominatsiyada qisqa ro‘yxatni e’lon qildi.
Ayollar orasida «Barselona» futbolchilari Ayitana Bonmati va Aleksiya Putelyas, shuningdek, «Chelsi» vakillari Loren Jeyms va Lyusi Bronz nomzod sifatida ko‘rsatildi. Erkaklar toifasida asosiy da’vogarlar «Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappe, «Bavariya» sardori Harri Keyn va «Barselona»ning yosh iqtidor sohibi Lamin Yamal.

Ayol murabbiylar orasida «Chelsi»dan Sonya Bompastor va Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Sarina Vigman yetakchi nomzodlar qatorida. Erkaklar kategoriyasida «Arsenal» murabbiyi Mikel Arteta, «PSJ»dan Luis Enrike hamda «Barselona»ni boshqarayotgan Hansi Flik sovrin uchun kurashadi.
Asosiy nominatsiyalar:
- Eng yaxshi futbolchi: Kilian Mbappe, Harri Keyn, Lamin Yamal, Usmon Dembele, Muhammad Saloh, Pedri, Rafinya, Vitinya, Nunu Mendesh, Koul Palmer, Ashraf Hakimi;
- Eng yaxshi futbolchi ayol: Aytana Bonmati, Aleksiya Putelyas, Loren Jeyms, Lyusi Bronz, Mariona Kaldentey, Patri Gixarro, Eva Pajor va boshqalar;
- Eng yaxshi murabbiy: Mikel Arteta, Luis Enrike, Xansi Flik, Enso Mareska, Roberto Martines, Arne Slot;
- Eng yaxshi darvozabon: Alisson Beker, Tibo Kurtua, Emiliano Martines, Manuel Noyer, David Raya.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan FIFA noqonuniy futbolchilar ishi bo‘yicha Malayziyaga sanksiya qo‘llagani haqida xabar bergan edi.