Xpeng X9 EREV oldindan buyurtma savdosini boshladi

7-noyabr 2025 13:10 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xpeng
Foto: Mydrivers

Xpeng kompaniyasi tomonidan Xpeng X9 MPV modelining benzin-generatorli elektromobil versiyasini rasman taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Model uchun oldindan buyurtmalarni qabul qilishni boshlangan. Narxlar 350 ming yuandan ($49 ming) boshlanadi. Yuqori 1602 Ultra versiyasi 370 ming yuan ($51,8 ming) turadi.

Foto: Mydrivers

Yangi model to‘liq elektr X9 platformasiga asoslanadi. Unda Xpeng’ning Kunpeng Super Range Extension Technology tizimi qo‘llangan. 800 voltli platforma va 5C tez zaryadlash imkoniyati mavjud. CLTC standartida 452 km sof elektr yurish, umumiy esa 1602 km masofa ko‘rsatilgan.

Tashqi ko‘rinish

Foto: Mydrivers

EREV versiyasi old panjarasi kattalashtirilgani bilan farq qiladi. Aktiv ikki bo‘limli panjara va qo‘shimcha sovutish ventilyatorlari qo‘shilgan. Aurora Green deb nomlangan yangi kuzov rangi taqdim etildi. O‘lchamlar: uzunlik 5316 mm, kenglik 1988 mm, balandlik 1785 mm, g‘ildirak bazasi 3160 mm. 20 dyuymli g‘ildiraklar va uchuvchi tom effektiga ega yashirin ustun dizayni saqlangan.

Salon va jihozlar

Ichki makonda T-shaklli panel, ikki rangli Cloud Rose Brown bezagi va 4,2 metr haqiqiy yog‘och qo‘llanilgan. 17,3 dyuymli markaziy ekran, 10,25 dyuymli raqamli panel va Snapdragon 8295P chipiga ega multimedia tizimi mavjud. Konsolda ikkita 50 Vt quvvatli simsiz zaryadlash maydonchasi bor.

Foto: Mydrivers

Avtomobil dome starlight ichki yoritish tizimi va AI asosidagi o‘qish chiroqlari bilan jihozlangan. Ikkinchi qatorda alohida kreslolar, nol-gravitatsiya rejimi, massaj, isitish va shamollatish funksiyalari bor. 21,4 dyuymli displey orqa yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan. Uchinchi qatordagi o‘rindiqlar sozlanadi va 4/6 nisbatda yig‘iladi.

Texnik ko‘rsatkichlar

Foto: Mydrivers

Model 1,5 litrli benzinli generator (110 kVt) va 210 kVt (282 ot kuchi) quvvatga ega elektromotordan kuch oladi. 63,3 kVt/soat sig‘imli 5C LFP batareya va 60 litrli yonilg‘i baki o‘rnatilgan. Yoqilg‘i sarfi 6,4 l/100 km.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xpeng X9 avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek