
Toyota yangi avlod Hilux pikapini namoyish etdi va bir nechta tyuning versiyalarini taqdim qildi. Bu haqda Carscoops ma’lum qildi.

Eng qiziqarli loyiha — Avstraliyadagi ARB atelyesining off-road modifikatsiyasi bo‘lib, unda lift-komplekt, metall bamper, LED yoritgichlar, tom usti bagajligi va reling tizimi mavjud.

Shuningdek, tom usti chodiri va maxsus karkasli Hilux camper versiyasi ham taqdim etildi, u ko‘tarilgan suspenziya, off-road shinalar, yon qadamlar, alyuminiy taglik himoyasi, LED bar va snorkel bilan jihozlangan.

Yangi Hilux bozordan bozorga qarab yengil gidrid, benzinli yoki to‘liq elektr variantlarida sotiladi. Keyinchalik esa Hilux GR Sport versiyasi chiqishi kutilmoqda, u sport suspenziya va yaxshilangan boshqaruvga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toyota vodorodli Tacoma kontseptini taqdim etgan edi.